Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Tuproq namligini aniqlash. Tuproq namligi turli tuproqlarda va ayrim 
gorizontlarda har xil darajada bo‘ladi. Tuproq namligi ekinlarning hosildor 
bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Tuproq namligi tuproqning kimyoviy va 
mexanikaviy tarkibiga, strukturaligiga hamda organik tarkibiga bog‘liq. Tuproq 
namligini aniqlashning bir necha usuli bor. O‘quv laboratoriyalarida ko‘proq 
quyidagicha aniqlanadi. 
2-rasm.Tuproq namligini aniqlashdagi aluminiy stakancha. 
Tuproq namligini aniqlashda kerakli asboblar: aluminiy stakancha, termostat
eksikator, analitik tarozi. 
Tuproq namligini aniqlash metodikasi. Namligi aniqlanmoqchi bo‘lgan 
tuproqdan 10-20 g olib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan alyumnniy stakanchaga 
(qopqog‘i yaxshi yopiladigan) solinadi (2-rasm). So‘ngra stakanning (tuproq bilan 
birga) og‘irligi aniqlanadi. Shundan keyin tuproq termostatda 100-105° issiqda 3-4 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
145 
soat quritiladi (stakanchaning qopqog‘i ochib qo‘yiladi). Tuproq qurigach 
(stakancha qopqog‘ini yopib) eksikatorda 30 - 40 minut sovitiladi. So‘ngra 
tuproqning og‘irligi aniqlanadi. Tuproq namligi 1- formula bilan hisoblanadi: 
Tuproqning suv o‘tkazishi va suv o‘tkazuvchanligini hamda nam sig‘imini 
aniqlash. Tuproqning suv o‘tkazishini aniqlash. Tuproqdan ma’lum vaqt ichida 
ma’lum bir miqdorda suv o‘tish xususiyati tuproqning suv o‘tkazishi deyiladi. 
Tuproqning bu xususiyati uning mexanikaviy tarkibi, strukturasi va qatlamining 
zichligiga bog‘liq. Tuproqning mexanikaviy zarrachalari, shuningdek, struktura 
elementlari qancha yirik va g‘ovak qovushmali bo‘lsa tuproqning suv o‘tkazishi 
shuncha tez, aksincha tuproqning mexanikaviy zarrachalari mayda va strukturasiz, 
zich qovushmali bo‘lsa suv o‘tkazishi sust bo‘ladi. Tuproqning bu xossasi o‘quv 
laboratoriyasida maxsus silindrdagi namunalar bo‘lmaganda quyidagicha 
aniqlanadi. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling