Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
143
gidrologik, gidrogeologik va tuproq-meliorativ jarayonlar dinamikasi va
yo‘nalishini zamonaviy texnik moslamalar va matematik usullar yordamida
monitoring qilish va modellashtirish ishlarni bajardik.
Tuproqni suv xossalarini o‘rganish. Tuproqning suvni singdirishi va uni qatlamlarda
yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga harakat ettirishi, shuningdek, bug‘latish
qobiliyati tuproqning suv xossalari deyiladi. Tuproqning suv xossalari
o‘simliklarning oziqlanishi va rivojlanishidagi eng muhim sharoitlardan
hisoblanadi. Tuproqning havo va issiqlik xossalari ham suvning miqdoriga qarab
o‘zgaradi.
Har qanday tuproqda ozmi-ko‘pmi suv bo‘ladi. Tabiiy sharoitda mutlaqo quruq
tuproq bo‘lmaydi. Yog‘inlar va sug‘orishlar natijasida tuproqda hosil bo‘lgan suv
turli holatda va mayda zarralar bilan turli munosabatda bo‘ladi.
Tuproq qatlamlari oralig‘idagi havo bilan birlikda harakat etayotgan bug‘simon suv
sernam joydan nami oz joyga va issiq qatlamdan esa sovuq qatlam tomonga harakat
qiladi. Ma’lum sharoitdagi kuchli bosim ta’sirida tuproq mayda zarrachalari
yuzasiga singdirilgan gigroskopik suvning miqdori tuproqning tarkibiga, qatlamning
namlik va issiqlik darajasiga qarab o‘zgarib turadi. Tuproq zarrachalari yuzasida
ushlanib qolgan suv bug‘lari ko‘payib ketishi natijasida paydo bo‘lgan va suyuq
holga o‘tgan parda suv qatlami, zarra yuzasidagina harakat etadi va qisman
o‘simlikka singadi. Tuproq qatlamidagi nozik zarralar oralig‘ida paydo bo‘lgan
kapillyar yo‘llarda pastdan yuqoriga erkin harakat etadigan kapillyar suvni o‘simlik
ildizlari oson shimadi. Tuproq qatlamlari orqali ma’lum tezlikda yuqoridan pastga
harakat etuvchi filtrlanuvchi suv ham o‘simliklar uchun foydalidir. Quyida
tuproqning eng muhim suv xossalarini aniqlash usullari keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |