1. Tuproq strukturasi, turlari buzilishi va tiklanishi. Tuproqning fizik xossalari
Download 301.46 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tuproqning suv xossalari
Tuproq strukturasi. Tuproqning fizik, fizik – mexanikaviy xossalari. Tuproqning suv xosslari Reja: 1. Tuproq strukturasi, turlari buzilishi va tiklanishi. 2. Tuproqning fizik xossalari. 3. Tuproqning fizik-mexanik xossalari. 4. Tuproqning suv xossalari Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil kattalikka, shakliga, suvga chidamlikka ega bo’lgan agregatlar yig’indisiga aytiladi. Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturasiz yoki kam strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga yerga ishlov berish holatlariga tuproqning suv havo rejimlari va umuman unumdorligi hamda o’simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalarga rus olimlari V.V.Dokuchayev, P.A.Кostichev, N.A.Кachinskiy va boshqalarning asarlarida alohida ahamiyat berilgan. Tuproqda 3 xil: kubsimon, prizmasimon, plitasimon struktura farq qilinib, ular bir necha turdan iborat bo’ladi. Har xil tuproq tipi uchun ma’lum bir turdagi struktura xarakterlidir. Masalan, bo’z tuproqlar uchun-kesakchali-changsimon, sho’rtoblar uchun ustinsimon, qora tuproqlar uchun-donador kesakchali, podzol tuproqlar uchun-bargsimon shakli harakterlidir. Agronomik nuqtai nazardan tuproq strukturasi katta-kichikligiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga; 1)>10 mm, kesakchali struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al marokstruktura; 4) 0,01 mm dan kichik-nozik mikrostrukturaga bo’linadi. Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturali agregatlar Markaziy Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida ekinlardan .qori hosil olishni ta’minlaydi. Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning alohida agregatlarga ajralishi hamda suvga chidamli agregailarning hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning to’la agregatlarga ajralib ketishi o’simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufaylidir. Shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati hamda tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida ro’y beradi. O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan gumus tuproq strukturasining suvga chidamligini oshiradi. Bu jarayon o’simliklar ildizi ko’p tarqalgan tuproqning yuqori qatlamlarida yaxshi boradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Bu strukturalar syerg’ovak, mustahkam bo’lishi bilan birga, o’simliklar uchun zarur oziq moddalar ham ko’p saqlaydi. Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli strukturalarining buzilish sabablari xilma-xil bo’lib, ularni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin: Strukturaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning yuza qismlariga tushadigan atmosfyera yog’inlari ta’sirida va shuningdek etilmagan nam tuproq yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko’plab marotaba haydash hamda bunda og’ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan tashqari odamlar va mollarning dalaga kirishi strukturani ezg’ilaydi. Strukturaning fizik-kimyoviy buzilish sabablari. Ana shunday buzilishiga, singdirilgan kationlar ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Asosan singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Ca 2 Q Mg 2 Q) kationlarning bir valentli (Na Q , N Q va NH 4 Q ) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo’ladi. Bir valentli natriy, ammoniy va vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlarni nam sharoitda penpezasiyalab, struktura agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy melioratsiyalash strukturaning saqlanib qolinishida muhim rol uynaydi. Strukturaning biologik yo’l bilan buzilish sababi, asosan ayerob sharoitdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning ayerob sharoitda tez minyerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi gumus kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tuproqda mo’’tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Tuproq strukturasining buzilib ketish sabablarini e’tiborga olib strukturani saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish zarur: 1) Tuproqning xossalari va o’ziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov berishning samarali sistemalaridan foydalanish; 2) Yer o’z vaqtida yetilgan holatda ya’ni agregatlari bir-biriga yopishib,kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi; 3) Ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral o’g’itlardan muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani yaxshilab borish chora-tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur tadbirlardandir. 3. Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog’liq bo’lgan fizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o’simliklarning o’sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. Tuproqning fizikaviy xossalariga, uning strukturasi suv, havo, issiqlik, umumiy fizik-mexanikaviy xossalari kiradi. Umumiy fizikaviy xossalariga tuproqning zichligi, qattiq fazasining zichligi va kovokligi singarilar kiradi. Tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) ma’lum hajmdagi tuproq qattiq qismining 4 0 S da shuncha hajmdagi suvga bo’lgan nisbati hisoblanadi va 2/sm 3 bilan ifodalanadi. Tabiiy holati saqlangan holda olingan ma’lum hajmdagi tuproq massasiga uning zichligi yoki hajmiy massasi deyiladi. Tuproqning kovakligi zichligidan qat’iy nazar,uning turli zarrachalari orasida va struktura agregatlari ichida hamma vaqt ma’lum miqdorda bo’shliklar.g’ovaklar mavjud.Bu bo’shliklarda suv, havo bo’lib, o’simliklarning ildizlari, turli mikroorganizmlar, tuproq jonivorlari (chuvalchanglar, hashoratlar va boshqalar) tarqalgan. Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, ko’pchishi va cho’kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi singarilar kiradi. Download 301.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling