1. Tuproq strukturasi, turlari buzilishi va tiklanishi. Tuproqning fizik xossalari
Download 301.46 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning yopishqoqligi
- Tuproqning bo’kishi va cho’kishi
- Tuproqning solishtirma qarshiligi
Tuproqning plastikligi. Nam tuproqning har qanday tashqi kuchlar ta’sirida
o’z yaxlitligini buzmagan holda shaklini o’zgartirishi va buni mexanik kuchlardan keyin ham saqlab qolish xususiyatiga tuproqning plastikligi deyiladi. Tuproqning yopishqoqligi.Nam tuproqning boshqa qattiq jismlarga yopishish xossasidir. Jumladan, tuproqning ish qurollariga va mashinalarning harakat qismlariga yopishuvi natijasida mexanizmlarning tortish qarshiligi oshadi va yerga ishlov byerish sifati pasayadi. Tuproqning bo’kishi va cho’kishi.Nam tuproqlarning o‘z hajmini kattalashtirish qobiliyatiga bo’qish(ko’pchish) quriganda esa uz hajmini kichraytirishiga uning cho‘kish xossasi deyiladi. Dastlabki hajmiga nisbatan foiz bilan ifodalanadi. Tuproqning ilashimligi.Tuproq zarrachalarini ajratib yuborishga ta’sir etadigan tashqi kuchlarga qarshi tura olish qobiliyati ilashimlik deyiladi. Tuproqning qattiqligi, tabiiy holatdagi tuproqlarning turli bosimdagi kuch ta’sirida siqilishi va bo’linib ketishiga qarshi tura olish qobiliyati hisoblanadi. Tuproqning solishtirma qarshiligi.Tuproqqa ishlov byerish uchun sarflanadigan kuchlarning umumiy ko’rsatkichidir. Solishtirma qarshilik deb, tuproq qatlamini qirqish, ag’darish uchun hamda qurollar yuzasiga tushadigan qarshilikni engish uchun sarf bo’lgan kuch miqdoriga aytiladi. Tuproqning fizik yetilganligi kam kuch sarflanib yaxshi va sifatli ishlanish holatiga tuproqning fizikaviy yetilganligi deyiladi. Tuproqning bu holati uning namligi bilan belgilanadi va to’lik nam sig’imiga nisbatan,turli tuproqlarda bu namlik 60% dan 90% gacha o’zgarib turadi.Demak,tuproqning umumiy fizik xossalari va fizik-mexanik xossalari ekinlarni o‘stirish texnologiyasida e’tiborga olinishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling