Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
190 
To‘rtko‘l tumanidagi K-5-1 zovurida esa zovur etagida joylashgan suzib 
yuruvchi nasosni (elektr energiyasi uzib-uzib berilishi natijasida) to‘liq ishlamasligi 
ham zovurda suv yig‘ilishi va u xizmat ko‘rsatadigan hududda grunt suvlari sathini 
ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. 
Shuni alohida takidlash joizki vaziyatni yumshatish uchun hududdagi mavjud 
zovurlarni to‘g‘ri ishlatilishi muhim vazifalar hisoblanadi. 
Birlamchi tadbirlar qatorida K-5-1 zovuridagi 369-suzib yuruvchi nasosni 10 
kun davomida uzluksiz ishlashini taminlash tavsiya qilindi. Mazkur tadbir To‘rtko‘l 
tumani O‘zbekiston (7 f/x -95 ga), Shurxon (4 f/x -82 ga) va Sh.Rashidov (2 f/x 24 
ga) suv iste’molchilari uyushmalarining 201 ga ekin maydonlaridagi suv sathini tez 
muddatda pasaytirishga imkon yaratadi. 
Beruniy va Ellikqa’la tumanlarida sug‘orishga berilayotgan suvlar miqdorini 
kamaytirish tavsiya qilinadi. 
Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi Atov meliorativ nasos stansiyasini 
to‘xtovsiz ishlatish tumandagi zaxi ko‘tarilgan 180 ga maydonnni meliorativ holatini 
tezda yaxshilashga imkoniyat yaratishi tavsiya qilinadi. 
Grunt suvlari sathi ko‘tarilishidan aziyat chekkan ekin maydonlarining 
ko‘pchiligi daryoning qayirida joylashgandir. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 7 apreldagi 174-sonli qarori bilan kuchga kirgan 
Nizomning 22-bandiga ko‘ra (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq bo‘lgan 
(Amudaryo kabi) daryolarning qirg‘og‘idan - 300-500 metr masofadagi hudud) 
daryo qayirlari suv muxofazasi zonasi hisoblanib, ularda xo‘jalik faoliyati olib 
borish cheklangandir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining joylatirilishi mazkur qoidaga 
amal qilish asosida olib borilsa samarasiz mehnatga (ekin nobud bo‘lishiga) o‘rin 
qolmaydi. 
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan birlamchi tadbirlar bilan birga daryo 
qirg‘oqlarini himoyalash va ekin maydonlari meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 
yaqin kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. 
Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki daryo qirg‘oqlarini himoyalashning 
biologik usullarini (qirg‘oqlarga tuproq mustahkamlovchi daraxtlarni ekish) 
rivojlantirish kerak, bunda daraxtlarning biologik drenajlik xususiyatiga ham e’tibor 
qaratilsa ekin dalalarida grunt suvlari sathini ko‘tarilishini oldini olishga erishiladi. 
Shuningdek, daryoning 1-qator himoya dambalarigacha bo‘lgan qayir qismini 
ekologik hududga aylantirish maqsadga muvofiqdir. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling