Favqulotda suv tashlama inshooti:
Inshootdagi beton plitalarning bir nechtasi joyidan ko’chgan, ta’mirlash-tiklash
ishlari bajarilmagan.Inshootda tozalash ishlari amalga oshirilmagan.
Pezometrlar:
To‘g‘onda o‘rnatilgan jami 11ta pezometrdan 7 tasi ishchi holatda, 4 donasi nosoz.
Pezometrlardan olingan ma’lumotlar bo’yicha jurnal yuritilmagan, har-xil
qog’ozlarga yozilgan. Pezometrlarning sezuvchanlik qobiliyati oxirgi marta 2002
yilda aniqlangan.Pezometrlar joylashgan stvorlar va pezometrlarning nomerlari
yozilmagan, bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmagan. Pezometrlarda suv sathini
ulchaydigan asboblar, xlapushkalar deyarli yo‘q bori xam ishlamaydi.
Pezometrlardagi suv sathi ko’rsatkichlari asosida depressiya egri chiziqlari oxirgi
martta 2007 yilda chizilib tahlil qilingan.
To‘g‘ondagi mavjud nazorat o’lchov asboblari (NO’A):
To‘g‘onda nazorat o‘lchov asboblari (reper, marka) hisoboti yuk, ularning
birontasiga ham tartib raqamlar qo’yilmagan.
Kuzgi-qishgi tadbirlarning bajarilishi:
Kuzgi qishgi mavsum davomida bajariladigan ishlarga nuqsonlar dalolatnomalari
tuzilmagan, joyida mavjud emas.Istemolchilar bilan suvning oldi-berdi jurnallari
yuritilmagan.Texnika xavfsizligi bo’yicha bironta ko’rgazmali qurollar yuk.
Suv omboridan chiqish kanali ta’mirtalab.Chiqish kanalidagi gidropostning reykasi
yo’q.Kanaldagi suv taqsimlash inshooti ta’mirtalab, korroziyaga qarshi
bo‘yoqlanmagan.Suv ombor ma’muriy binosi ta’mirtalab. Suv o’lchash
gidropostlarining pasportlari yo’k, pasportlashtirilmagan.
Janubiy-Surxon suv omboridagi gidrotexnika inshootlarining
ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar
Suv ombori texnik holatini yaxshilash va ishonchliligini oshirish bo‘yicha
kuydagilar tavsiya kilinadi:to‘g‘onning bosimli qiyaligidagi temir-beton
qoplamalarni ta’mirlash;bosimli qiyalikda beton osti bo‘shliqlarini aniqlash, ularni
to‘ldirish va choklarni mastika bilan mustaxkamlash;to‘g‘onning bosimsiz
kiyaligini tozalash;suv ombori xavzasiga suv sathini kursatuvchi reykalar urnatish
va reperga bog‘lash;to’g’onda yoritish tizimini ishchi holatga keltirish PK 5+45
Do'stlaringiz bilan baham: |