Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 200 bo‘lib qoladi va tuproqda sayoz joylashadi, demak 0-60 sm li qatlamda uni asosiy ildiz tizimining 75,8-78,0% gacha qismi joylashadi [4-5]. Shunday adabiy manbalar ham mavjudki, interkalyar qo‘yilmadan foydalanilganda payvandtag ildiz tizimining o‘sishi unga payvand qilingan navga nisbatan ham kuchli darajada susayadi. Bu hodisa ildizlarning langarlanishini (chuqur kirishi) yomonlashishiga olib kelgan, biroq shunday bo‘lsada, u sun’iy tirgovuchga muhtoj bo‘lib qoladigan darajada bo‘lmagan. Pakana payvandtagning oraliq qo‘yilmasi bo‘lgan daraxtlarning tuproqqa mustahkam o‘rnashishi qator tadqiqotchilarning ishlarida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga qaramay, oraliq qo‘yilmali daraxtlarning (ayniqsa oraliq qo‘yilmasi uzun bo‘lgan) yonboshlab qolishi to‘g‘risida ham adabiy ma’lumotlarni uchratish mumkin [6]. Tadqiqotlarni amalga oshirish uchun olxo‘rining AKU 2-31 navidan oraliq (interkalyar) qo‘yilma sifatida foydalanildi. Bunda asosiy payvandtag sifatida har xil o‘sish kuchiga ega Qora olu, OPA 15-2 va OD 2-3 payvandtaglari qo‘llanildi, ularga yuqorida keltirilgan kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarning 10 dan 30 sm gacha bo‘lgan turli uzunlikdagi interkalyar, ya’ni oraliq qo‘yilmalari payvand qilindi. Olxo‘ri payvandtaglarida esa AKU 2-31 payvandtagi oraliq qo‘yilmasining payvandtag turlari bo‘yicha tutuvchanligi 96,1-97,7% bo‘lgan bo‘lsa, ularda nav kurtaklarining tutuvchanligi mos holda 94,4-95,9% oralig‘ida bo‘ldi. O‘sish kuchi har xil bo‘lgan payvandtaglardan foydalanish va ularga kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarning oraliq qo‘yilmasini payvand qilish olcha va olxo‘ri ko‘chatlari еr ustki qismining rivojlanishiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatdi. Olxo‘rining Ispolinskaya navi turli payvandtaglarda AKU 2-31 payvandtagining oraliq qo‘yilmasi bilan еtishtirilganda komponentlar tutuvchanligi va ko‘chatlar еr ustki qismining rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha aynan olchadagi kabi holat qayd etildi. Kuchsiz o‘suvchi OD 2-3 payvandtagiga AKU 2-31 payvandtagini oraliq qo‘yilma sifatida payvand qilib, so‘ngra unga kurtak payvand qilish yo‘li bilan еtishtirilgan olxo‘ri ko‘chatlarining bo‘yi 108,1 sm oralig‘ida bo‘ldi, ya’ni urug‘idan o‘stirilgan Qora olu payvandtagida еtishtirilgan ko‘chatlarga nisbatan 21% ga pasaydi. Bunda har bir o‘simlikda shakllangan barglarning o‘rtacha miqdori 137 donani tashkil etdi. Olxo‘rida oraliq qo‘yilma sifatida AKU 2-31 payvandtagi qalamchalaridan 10 dan 30 sm gacha uzunlikda foydalanish, ularni o‘sish kuchi har xil payvandtaglarga payvand qilish shuni ko‘rsatdiki, qo‘yilmaning uzunligi kuchli va kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarga payvand qilinganda ushbu belgining dominantligini belgilaydi. Binobarin, agar kuchsiz o‘suvchi AKU 2-31 payvandtagining 10 sm uzunlikdagi oraliq qo‘yilmasi urug‘idan o‘stirilgan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan Qora olu va OPA 15-2 payvandtaglariga payvand qilinganda olxo‘rini Ispolinskaya navi ko‘chatlarining bo‘yi mos holda 75,3 va 72,1 sm bo‘lgan bo‘lsa, u holda yanada uzunroq – 20 sm qo‘yilma qo‘llanilganda ko‘chatlarning bo‘yi 69,5 va 69,7 sm hamda 30 sm qo‘yilma qo‘llanilganda – 65,4 va 66,0 sm dan oshmadi, ya’ni ularning bo‘yi nazorat variantiga (oraliq qo‘yilmaning uzunligi 10 sm) nisbatan mos holda 5,6 va 2,6 sm hamda 9,3 va 6,3 sm ga qisqardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling