Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 203 va rivojlanish davrida bo‘ladi. Bunga bog‘liq ravishda oraliq qo‘yilmali ko‘chatlar еtishtirish ma’lum afzalliklarga ega bo‘lib, klon payvandtaglar ona ko‘chatzori qalamchalaridan qo‘shimcha foydalanish hisobiga ko‘chat еtishtirish miqdori ortadi va tezlashadi [2-4]. Oraliq qo‘yilmali daraxtlarning xususiyatlariga qo‘yilma komponentining tuproqda joylashish chuqurligi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘yilmani tuproqqa ko‘mib yuborish o‘sishni tezlashtiradi, hosilga kirishni kechiktiradi, ko‘chatlar tutuvchanligi va bog‘da yaxshi saqlanib qolishini ta’minlaydi. Qator tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, oraliq qo‘yilmani tuproqqa ko‘mgan holda ko‘chat o‘tqazish daraxtning tuproqqa yaxshi o‘rnashishini va oraliq qo‘yilmani qishda sovuqdan yaxshi himoyalanishini ta’minlaydi [5-6]. Ushbu tadqiqotda biz kolleksion ko‘chatzordan tanlangan kuchsiz o‘suvchi payvandtaglardan olcha uchun P-3 turlaridan oraliq (interkalyar) qo‘yilma sifatida foydalandik. Bunda asosiy payvandtag sifatida har xil o‘sish kuchiga ega olcha uchun kamxastak olcha, OVP-4 va P-7, payvandtaglari qo‘llanildi, ularga yuqorida keltirilgan kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarning 10 dan 30 sm gacha bo‘lgan turli uzunlikdagi interkalyar, ya’ni oraliq qo‘yilmalari payvand qilindi. Payvandtaglar va oraliq qo‘yilmaning o‘sish kuchi olchani Shpanka chernaya navi ko‘chatlarida barglarning shakllanishiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatdi. Uning eng ko‘p miqdori kuchsiz o‘suvchi P-7 payvandtagiga P-3 payvandtagining oraliq qo‘yilmasi payvand qilinganda qayd etildi. Ularda еtishtirilgan ko‘chatlar uch yoshga еtganda har tupida 130-133 donagacha barglar shakllandi. Olchaning Shpanka chernaya navida oraliq qo‘yilma sifatida kuchsiz o‘suvchi P-3 payvandtagidan foydalanish asosiy payvandtag P-7 bo‘lgan va oraliq qo‘yilma 10 sm uzunlikda olingan variantda kuchsiz o‘suvchi ko‘chat olish uchun eng yuqori samara berdi. Ushbu holatda tajribada bo‘yi 52,1 sm, barglar soni 57,1 dona va ularning sathi 17,5 dm 2 bo‘lgan eng past bo‘yli ko‘chatlar olindi. Urug‘idan o‘stirilgan kamxastak olcha va vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan kuchli o‘suvchi OVP-4 payvandtagidan foydalanish birmuncha balandroq bo‘yli ko‘chat olishni ta’minladi, ushbu holatda ko‘chatlarning bo‘yi 70,5-73,2 sm ga еtdi, bu esa kuchsiz o‘suvchi payvandtag qo‘llanilgan variantdan 31,5% yuqoridir. Urug‘idan o‘stirilgan kuchli o‘suvchi kamxastak olcha va vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan OVP-4 payvandtagida eng past bo‘yli ko‘chatlar P-3 payvandtagi oraliq qo‘yilmasi 20 dan 30 sm gacha uzunlikda olingan variantlarda shakllandi. Bunda ko‘chat bo‘yining 10 sm lik qo‘yilma variantlariga nisbatan qisqarishi 11,1- 17,5% ni tashkil etdi. Demak sust o‘suvchi olcha ko‘chatlarini еtishtirish uchun kuchsiz o‘suvchi P-7 payvandtagidan foydalanish, unga P-3 payvandtagining 10 sm uzunlikdagi oraliq qo‘yilmasini payvandlash tavsiya etiladi. Olcha ko‘chatlarini turli payvandtaglarda P-3 payvandtagining 10 sm uzunlikdagi oraliq qo‘yilmasidan foydalangan holda еtishtirishning iqtisodiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, olchaning Shpanka chernaya navini P-7 payvandtagida еtishtirish yuqori samarali bo‘lib, ushbu variantda standart ko‘chatlarning eng yuqori – 42541 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling