Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
229
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHAMOL ENERGIYASIDAN
FOYDALANISH HAJMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA –
TADBIRLARI
Jumayev Axrom Asror o‘g‘li − “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy
resurslarni boshqarish instituti “Elektr energetikasi va elektrotexnika” kafedrasi
assistenti. E-mail:
axromjumayev9@gmail.com
Nasullayev Akobir Akbar o‘g‘li
− Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy
resurslarini boshqarish instituti “Elektr energetikasi va elektrotexnika” kafedrasi
EE 2/1 guruh talabasi.
akobirnasullayev0410@gmail.com
Annotatsiya Tadqiqotlar O‘zbekiston sharoitida umuman olganda shamol
energetikasidan keng miqyosda foydalanishning samaradorligi baland bo‘lmasligini
ko‘rsatadi. Ammo ayrim tumanlarning tuproq va kam energiya talab etadigan
obyektlarida shamol enegiyasidan foydalanish yaxshi samara berdi. Jumladan,
yaylov chorvachiligida sug‘orish ishlarini tashkil etishda shamol energiyasi qo‘l
keladi. Orolbo‘yi va Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida turli shamol
energetika qurilmalaridan foydalanish mumkin, bu qurilmalar shamolning barqaror
tezlikda esishi natijasida yil bo‘yi samarali ishlashi mumkin.
Kalit so‘zlar: havo, yorug‘lik, suv bug‘lari, shamol, quyosh radiasiyasi,
mineral va organik changlar.
KIRISH
Shamol elektr stansiyasidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik
tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot
tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, cho‘l va
chala cho‘llarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr
stansiyasida 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
Prezidentimizning 2019-yil 21-may O‘RQ-539-son “Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish to‘g‘risi” dagi qarori ham qabul qilingan. Bu ham
aholimizning o‘zluksiz elektr energiyasidan foydalanish va mamlakatimiz rivoji
uchun katta ahamiyatga ega. Aslida atmosfera massasi 5 kvadrillion 157 trillion
tonna bo‘lib, tabiiy holda u 13 ta gazning aralashmasidan tashkil topgan. Atmosfera
havosining harakati natijasida shamol vujudga keladi va turli tezlikda harakat qilib
juda katta kuchga egadir. Shamol energiyasidan keng foydalanishga o‘tilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |