Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.tashqi talablar
- Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
I. Agrotexnologik talablar:
- qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish; - qishloq xo‘jalik ekinlarni еtishtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. II. ekologik talablar: - chirindi va ozuqa moddalarining defitsitsiz balansini ta’minlash. III. iqtisodiy talablar: - mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan me’yoriy foydalanishni ta’minlash; - barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish. - reproduktiv jarayonlarni ta’minlash. IV.tashqi talablar: - davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish. Ma’lumki, еr resurslaridan foydalanish, agar u agrotexnologik va ekologik ratsionallik doirasida iqtisodiy ehtiyojlarni qondirsa, xo‘jalik faoliyati esa еrdan samarali foydalanishga qaratilgan agroekologik va tashqi talablarga rioya qilgan holda amalga oshirilsa, samarali deb tan olinishi mumkin. Shu sababli z amonaviy Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish 288 ishlab chiqarish, birinchi navbatda, texnologik modernizatsiyaga yo‘naltirilgan omillardan birgalikda foydalanishni talab qiladi. Yer, jonli aniq mehnat va ishlab chiqarish fondlari bir-birini to‘ldiradigan, tarixan shakllangan ishlab chiqarish omillari sifatida harakat qiladi. Ishlab chiqarish vositalari, mehnat va еr uchastkasi hududini tashkil etilishi haqida alohida gapirish mumkin emas, chunki bu omillarning hech biri boshqalardan va u faoliyat yuritadigan ishlab chiqarish jarayonidan ajralgan holda tashkil etilishi mumkin emas. Yer resurslaridan samarali foydalanish talabi, asosan, еrning iqtisodiy funksiyasidan kelib chiqadigan iqtisodiy xususiyatga ega. Yer resurslaridan samarali foydalanish deganda еrdan foydalanish maqsadlarini amalga oshirishda еrning boshqa tabiiy omillar bilan o‘zaro foydali ta’sirini hisobga olgan holda va o‘ziga xos sharoit sifatida xar qanday faoliyat jarayonida qishloq xo‘jaligida asosiy omil sifatida muhofaza qilishda maksimal samaraga erishish tushuniladi. Yer resurslaridan samarali foydalanishni baholash, uni texnologik adapterlarni ishlab chiqarishning aniq sharoitlarida, еrlarning unumdorligini saqlashni ta’minlaydigan, alohida operatsiyalarning tavsiya qilingan va me’yorlashtirilgan usullari to‘plamisiz amalga oshirish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Bunday sharoitlarda quyidagilar alohida ahamiyatga ega: - qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan еr resurslaridan foydalanishning eng samarali yo‘nalishlarini izlash; - turli texnologiyalardan foydalanishni optimallashtirish uchun sezilarli tadqiqotlarni aniqlashtirish; - qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan еrdan foydalanish samaradorligini shakllantirishning hal qiluvchi shartiga aylanishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarishning me’yoriy parametrlaridan foydalanishni asoslash. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyat еtarli darajada moliyalashtirilmagan sharoitda fermer xo‘jaliklari kesimida texnik va texnologik modernizatsiyaning tabaqalanishi kuzatilmoqda. Yangi agrosanoat texnologiyalarini joriy etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - ishlab chiqarish va bajarilgan ishlarning tannarxini pasaytirish; - -mehnat sarfini kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash; - -raqobatbardosh qishloq xo'jaligi mahsulotlarining foydasi va rentabelligini oshirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling