Мillliy kurash turlаri nаzаriyasi vа uslibiyati
Download 20.28 Kb.
|
ZIYOVUDDIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHQI TAQRIZ
- MK 55-20 guruh talabasi Nizomova Maftuna No’mon qizi
- Nizomova Maftuna
- Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati katta o’qtivchisi S.E.Qodirov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Мillliy kurash turlаri nаzаriyasi vа uslibiyati” kafedrasi MK 55-20 guruh talabasi Nizomova Maftuna No’mon qizi tomonidan tayyorlangan “Sport maktablari o`quvchilarini chaqqonlik qobiliyatini rivojlantirishda xarakatli o`yinlardan foydalanish” mavzusida kurs ishigaTASHQI TAQRIZ Mustaqillikdan buyon mamlakatimizda jismoniy tarbiya va kurash sohasini ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda sportchilar yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida mashg‘ulotning maqsadi va vazifalariga mos tayyorgarlikni ta’minlash bu jarayonda samarali vositalarni qo‘llash bunda, mashg‘ulotning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, olib borish bugungi kunning o‘z yechimini kutayotgan kechiktirib bo‘lmas dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. MK 55-20 guruh talabasi Nizomova Maftuna No’mon qizi tomonidan taqdim etilgan “Sport maktablari o`quvchilarini chaqqonlik qobiliyatini rivojlantirishda xarakatli o`yinlardan foydalanish” mavzusidagi kurs shi davlat ta’lim standartiga ko’ra 5610520 sport faoliyari turlari bo’yicha mos keladi. Ushbu kurs ishi 2 Bob 39 betdan iborat bo’lib, Ushbu muammoni o‘rganishda sportchilarining yillik tayyorgarlik siklida mashg‘ulotlar jarayonini o‘rganish va tahlil qilish natijasida aniqlandiki, mashg‘ulotlarda vosita va uslublarni qo‘llashning mezoni yoki tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalari bo‘yicha maxsus ma’lumotlar mavjud emasligi hamda har bir murabbiy o‘zining uslubiy yondashuvi va murabbiylik tajribalariga asoslangan holda mashg‘ulotlarni olib borishi ma’lum bo‘ldi. Natijada esa sportchilarning optimal ravishda mashg‘ulot vazifalarini hal etilmasligiga, ortiqcha vaqt kuch va energiya sarflanishiga olib keladi. Shuningdek, shug‘ullanishni yangi boshlagan yuguruvchilarda esa ixtisoslikka moslashish jarayonini uzayishi va yangi harakatlarni o‘rganishdagi ortiqcha qiyinchiliklarning yuzaga kelishi kabi murakkab masalalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lib, mashg‘ulotning umumiy samaradorligini pasayishiga olib kelishi, ushbu mavzuning dolzarb ekanligini asoslab beradi. Nizomova Maftuna tomonidan tayorlangan ”Sport maktablari o`quvchilarini chaqqonlik qobiliyatini rivojlantirishda xarakatli o`yinlardan foydalanish” mavzusidagi kurs ishi tayorlash boyicha qo’yiladigan amaldagi talablarga rioya qilgan xolda tayorlangan deb xisoblayman. Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati katta o’qtivchisi S.E.Qodirov Download 20.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling