Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
294
9.
Асатов, С. Р., Адизов, Ш. Б., & Нуриддинов, О. Х. (2020). Бухоро
вилоятида тарқалган суғориладиган тупроқларининг мелиоратив
ҳолати. Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси.–Хива, 1, 69-71.
10.
Khamidov, f. r., & adizov, s. b. (2021). prospects for the use of homestead
lands. In Поколение будущего: Взгляд молодых ученых-2021 (pp. 250-
BUXORO VILOYATIDA KUZATILADIGAN XAVFLI METEROLOGIK
HODISALAR VA ULARNING EKOLOGIYAGA TA’SIRI
Pirimova Sarafroz Kamol qizi
−“Gidrologiya va ekologiya” kafedrasi stajyor-
o‘qituvchi, E-mail:
raxmatilloyevafarangiz@gmail.com
Eshonqulov Bunyod Muhiddin o‘g‘li − “Gidrologiya (Daryolar, suv omborlar
gidrologiyasi)” mutaxassisligi 2 bosqich talabasi
Annotatsiya. Ushbu ish Buxoro viloyatida kuzaladigan xavfli meteorologik
hodisalar va ularning ekologiyaga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishni amalga
oshirishda shu mavzuga oid adabiyotlar va gidrometeorologik ma’lumotlardan
foydalanildi. Natijada viloyatda kuzatiladigan xavfli gidrometeorologik hodisalar,
ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari o‘rganildi. Ilmiy adabiyotlar tahlil
qilindi.
Kalit so‘zlar: tog‘, tekislik, relyef, geografik o‘rin, quyosh radiatsiyasi, qora
sovuq, kuchli shamol, qum bo‘ronlari, jala, garim sel, qurg‘oqchilik, ekologiya,
gidrometeorologiya.
Kirish. O‘zbekiston hududi еr yuzasining tuzilishiga ko‘ra ikki qismga
bo‘linadi: tog‘oldi-tog‘lar va tekisliklar. Mamlakatimiz umumiy maydonining
78,7% ini tekisliklar, 21,3% ini tog‘lar tashkil etadi. Tekisliklar mamlakatimizning
g‘arbiy qismini egallaydi. Buxoro viloyati hududining asosiy qismi tekisliklarga
to‘g‘ri keladi. Hududning joylashgan geografik o‘rni, quyosh radiatsiyasi, havo
massalari, relyefi o‘ziga xos bo‘lgan iqlimning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Bulutlarning hosil bo‘lishi, bug’lanish, atmosferadan yog’adigan yog’inlar,
chaqmoq, momaqaldiroq, shamollarning hosil bo‘lishi kabi meteorologik hodisalar
atrofimizni o‘rab olgan. Bu hodisalar bilan birgalikda tabiatda xavfli meteorologik
hodisalar ham mavjud bo‘lib, ular turli moddiy va ma’naviy ziyonlarni keltirib
chiqaradi. Xavfli meteorologik hodisalarni o‘rganish kutilayotgan ziyonlarni
yumshatishga xizmat qiladi. Xavli meteorologik hodisalar deb Ob
−havoning inson
hayoti va uning xo‘jalik faoliyati uchun xavfli tabiiy hodisalariga aytiladi. Bunday
xafli meteorologik hodisalar Yer sharining turli mintaqalarida deyarli har doim sodir
Do'stlaringiz bilan baham: |