Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
28
Sabzi urug‘ini ekish ishlari sug‘orish egatlari oralig‘i 60 sm, 70 sm va 90 sm
bo‘lgan oldindan pushta olgich qurilmalar bilan shakllantirilgan pushtalarda ekiladi.
Bunda tayyorlangan pushtaga sabzi urug‘i yondosh qatorlar oralig‘i ham V=6-8 sm
va urug‘larni ko‘mish chuqurligi h=1-1,5 sm qilib ekilishi kerak.
Shundan kelib chiqib, ishlab chiqiladigan seyalka dastlab pushtalar ustini
40-45 sm enlikda tekislashi, so‘ngra mana shu tekislangan pushta ustiga urug‘larni
qatorlari 6 – 8 sm oraliq bilan 1,0 – 1,5 sm chuqurlikka ekishni amalga oshirishi
kerak.
2-rasm. Sabzi urug‘ini ekadigan seyalkaning umumiy ko‘rinishi.
1-traktorga osish qurilmasi, 2-bunker, 3-urug‘ ajratgich, 4-rama, 5-pushtani
shibbalagich, 6-urug‘ o‘tkazgich, 7-ekkich, 8-ko‘mgich, 9-tayanch g‘ildirak.
Pushtalarga sabzi urug‘ini ko‘p qatorlab ekadigan seyalkaning asosiy qismlari
uni traktorga osish uchun qurilma 1, urug‘ solinadigan bunker 2, urug‘larni aniq
miqdorda ajratgich 3, rama 4, pushtalarni shibbalagich 5, quvursimon urug‘
o‘tkazgich 6, urug‘ ekkich 7, ekilgan urug‘larni ko‘mish uchun zanjirli ko‘mgich va
tayanch g‘ildirak 9 dan iborat (2-rasm).
Sabzi urug‘ini ekadigan seyalka texnologik ish jarayoni quyidagicha amalga
oshiriladi. Seyalkaning barcha ish jixozlari ramaga maxkamlangan bo‘lib, u
traktorga osish qurilmasi 1 yordamida agregatlanadi. Ekish jarayonida seyalka
dastlab oldindan ochib qo‘yilgan pushtalarning ustini shibbalagich moslamasi 5
yordamida tekislab, shibbalab ketadi. Bunker 2 dagi urug‘lar ajratgich 3 yordamida
ajratib olinadi va quvursimon urug‘ o‘tkazgich 6 orqali ankerli urug‘ ekkich 7 ga
еtkazib beriladi. Seyalkaning urug‘ ajratkichi 3 harakatni tayanch g‘ildirak validan
konussimon tishli uzatmalar orqali oladi va g‘ildirak bilan sinxron ravishda ishlaydi.
Seyalka bir o‘tishda 2 ta egat ustini tekislab, tekislangan joyga sabzi urug‘larini
ekib ketadi. Bunda agar egatlar oralig‘i 60 sm bo‘lsa sabzi urug‘lari 5x5 sm
Do'stlaringiz bilan baham: |