Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
25
UDK 631.33.1
SABZI URUG‘INI PUSHTAGA KO‘P QATORLAB EKADIGAN SEYALKA
KONSTRUQSIYASINI ISHLAB CHIQISH
Astanaqulov Komil Dullievich
–
t.f.d., professor “TIQXMMI” MTU
Babojanov Atabek Berdiboy o‘g‘li – tayanch doktorant “TIQXMMI” MTU
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Imomov Komiljon Orifjon o‘g‘li – talaba “TIQXMMI” MTU
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Djumaboeva Shohista Baxtiyor qizi - talaba “TIQXMMI” MTU
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Annotatsiya. Maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlaridan biri bo‘lgan sabzi
urug‘ini еkish uchun seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha
tavsiya
keltirilgan hamda ushbu tavsiya etilayotgan qurilmada sabzavot ekinlari urug‘ini
pushtaga ko’p qatorlab ekishni amalga oshiradigan texnika vositasini ishlab chiqish
dolzarbligi va qurilma haqida qisqacha keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar. aholi, oziq-ovqat, odamlar, sabzi, sabzavot, ekinlar, еtishtirish,
seyalka, ekish usuli, mashinalar, agrotexnik talab, hosildorlikn, urug‘, konstruksiya,
pushta, iste’mol.
Dunyoda aholi sonining yildan yilga o‘sib
borishi bilan oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan talab ham ortib boryapti. Odamlarning oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qishloq xo‘jaligi orqali ta’minlanib turiladi. Shu
sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning asosiy yo‘llaridan biri bu ushbu
tarmoqning moddiy texnika
bazasini mustahkamlash hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligida qo‘l mehnatini
kamaytirish va mexanizatsiya darajasini oshirish ish
unumi va samaradorligini
oshiradi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida va oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashda qishloq
xo‘jaligi alohida o‘rin tutadi. Shu sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta
e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida
paxtachilik, g‘allachilik,
bog‘dorchilik, sabzavot-polizchilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Yaqin
vaqtlargacha qishloq xo‘jaligi asosan paxta va g‘alla еtishtirishga mo‘ljallanganligi
sababli ekin maydonlarining asosiy qismi shu ekinlar bilan band bo‘lgan bo‘lsa,
keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini difersifikatsiyalash natijasida respublika qishloq
xo‘jaligida paxtachilik va g‘allachilik bilan bir qatorda
sabzavotchilik, polizchilik,
bog‘dorchilik, chorvachilik, asalarichilik va baliqchilikni ham rivojlantirishga katta
e’tibor qaratilmoqda.