Mavzu: Mahsulot unumi


Download 84.5 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi84.5 Kb.
#1049267
Bog'liq
Mahsulot unumi


Mavzu: Mahsulot unumi.
Amalda hamma reaksiyalar ham oxirigacha sodir bo’lavermaydi. Chunki dastlabki moddalar tarkibidagi qo’shimchalar, asbob-uskunalarning yaxshi ishlamasligi va h.k. Shuning uchun mahsulot unumi degan tushuncha kiritilgan.
Ta’rif:Amalda olingan mahsulot massa, miqdor, yoki hajmda reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblangan (nazariy) massa, miqdor yoki hajmning qanday qismini tashkil qilishini ko’rsatadigan kattalikka mahsulot unumi deyiladi va η harfi bilan belgilanadi.
     
M1. 31,6 g KMnO4 termik parchalanganda 2 l kislorod hosil bo’lsa, reaksiya unumini hisoblang.

m(KMnO4)=31,6g
V(O2)=2 l
η-?

2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2
316g 22,4 l
31,6g x=2,24 l nazariy


Dastlabkimoddaganisbatanreaksiyamahsulotiningmiqdoritopilishitalabqilinganda, nazariyhisoblashgaunumko’paytiriladi.
mamal=mnaz∙η
M2. Reaksiya unumi 60% bo’lganda 6g H2 yonganda hosil bo’lgan suv massasini hisoblang.

η=60%=0,6
m(H2)=6g
m(H2O)-?

2H2+O2=2H2O
4g 36g
6g x=54g nazariy mamal=mnaz∙η=54∙0,6=32,4g

Agar reaksiya mahsuloti ma’lum bo’lib, dastlabki modda miqdori topilishi so’ralsa, unum bo’linadi.



M3. 5,6 l azot ajralib chiqishi uchun qancha massa ammoniy bixromat termik parchalanishi kerak. Reaksiya unumi 75%.

V(N2)=5,6 l
η=75%=0,75
m(NH4)2Cr2O7)-?

(NH4)2Cr2O7→N2+Cr2O3+4H2O
252g 22,4 l
x 5,6 l x=63g nazariy


Agar bir necha bosqich unumi berilsa, unumlar o’zaro ko’paytirilib, umumiy unum topiladi.
M4. Ammiakning katalitik oksidlanishida unum 70%, azot(IV) oksidining yuttirilishida 80% bo’lsa, 5,6 l ammiakdan qancha massa nitrat kislota olish mumkin?

V(NH3)=5,6 l
η1=70%=0,7
η2=80%=0,8
m(HNO3)-?

4NH3+5O2=4NO+6H2O 2NO+O2=2NO2 4NO+2H2O+O2=4HNO3
ηum1∙η2=0,7∙0,8=0,56 (56%)
NH3 → HNO3
22,4 l 63g
5,6 l x=15,75g nazariy mamal=η∙mnaz=0,56∙15,75=8,82g

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling