Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

 
 
 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
25 
UDK 631.33.1  
SABZI URUG‘INI PUSHTAGA KO‘P QATORLAB EKADIGAN SEYALKA 
KONSTRUQSIYASINI ISHLAB CHIQISH 
 
Astanaqulov Komil Dullievich 
 t.f.d., professor “TIQXMMI” MTU 
Babojanov Atabek Berdiboy o‘g‘li – tayanch doktorant “TIQXMMI” MTU
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 
Imomov Komiljon Orifjon o‘g‘li – talaba “TIQXMMI” MTU
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 
Djumaboeva Shohista Baxtiyor qizi - talaba “TIQXMMI” MTU
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 
Annotatsiya. Maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlaridan biri bo‘lgan sabzi 
urug‘ini еkish uchun seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiya 
keltirilgan hamda ushbu tavsiya etilayotgan qurilmada sabzavot ekinlari urug‘ini 
pushtaga ko’p qatorlab ekishni amalga oshiradigan texnika vositasini ishlab chiqish 
dolzarbligi va qurilma haqida qisqacha keltirib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar. aholi, oziq-ovqat, odamlar, sabzi, sabzavot, ekinlar, еtishtirish, 
seyalka, ekish usuli, mashinalar, agrotexnik talab, hosildorlikn, urug‘, konstruksiya, 
pushta, iste’mol. 
Dunyoda aholi sonining yildan yilga o‘sib borishi bilan oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‘lgan talab ham ortib boryapti. Odamlarning oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qishloq xo‘jaligi orqali ta’minlanib turiladi. Shu 
sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishning asosiy yo‘llaridan biri bu ushbu tarmoqning moddiy texnika 
bazasini mustahkamlash hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligida qo‘l mehnatini 
kamaytirish va mexanizatsiya darajasini oshirish ish unumi va samaradorligini 
oshiradi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotida va oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashda qishloq 
xo‘jaligi alohida o‘rin tutadi. Shu sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta 
e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxtachilik, g‘allachilik, 
bog‘dorchilik, sabzavot-polizchilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Yaqin 
vaqtlargacha qishloq xo‘jaligi asosan paxta va g‘alla еtishtirishga mo‘ljallanganligi 
sababli ekin maydonlarining asosiy qismi shu ekinlar bilan band bo‘lgan bo‘lsa, 
keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini difersifikatsiyalash natijasida respublika qishloq 
xo‘jaligida paxtachilik va g‘allachilik bilan bir qatorda sabzavotchilik, polizchilik, 
bog‘dorchilik, chorvachilik, asalarichilik va baliqchilikni ham rivojlantirishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling