Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
27 
1-rasm. 2018-2021 yillarda sabzi ekilgan 
maydonning o‘zgarish dinamikasi. 
Ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki, yildan-yilga sabzavotga bo‘lgan talab 
oshib borayotgani sababli sabzi ekin maydonlarining ko‘payayotgani ichki 
bozorlarimizni to‘ldirish bilan birga ularni eksport qilish imkonini yaratayapti. Sabzi 
ekilgan maydon ko‘payishi bilan sabzi urug‘ini ekadigan mashinalarga bo‘lgan talab 
oshmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamizda sabzi urug‘ini ekadigan mashinalarning 
kamligi, mavjud ekish mashinalari esa agrotexnik talabga javob bermasligi sababli 
ko‘pchilik joylarda sabzini ekish qo‘l bilan sepish orqali amalga oshirilmoqda. 
Sepilgan urug‘lar ham qo‘lda tirmalar yoki boshqa ish qurollari bilan ko‘milmoqda. 
Bunday usulda ekilgan urug‘ dala sirtida notekis taqsimlanadi, natijada uning 
oziqlanish maydoni turlicha bo‘lib qoladi. Urug‘larning turli xil chuqurliklarga 
ko‘milishi oqibatida nihollar notekis unib chiqmoqda. Bularning hammasi 
hosildorlikning kamayishiga olib kelmoqda. Bulardan tashqari urug‘ning anchagina 
qismi ko‘milmay qolmoqda. Bu yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirish uchun ekish 
me’yorini oshirilishiga yoki urug‘likni ortiqcha sarf bo‘lishiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Yuqoridagi muammolar O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida asosiy ekin 
sifatida bahorda va takroriy ekin sifatida yozda bug‘doydan bo‘shagan dalalarga 
pushta olib, sabzi urug‘ini ko‘p qatorlab ekadigan seyalka ishlab chiqish zaruriyatini 
ko‘rsatmoqda. 
Bunda yangi konstruksiyaga ega bo‘lgan seyalkaga quyidagicha talablar 
qo‘yiladi.
Seyalkaning konstruksiyasini ishlab chiqish uchun unga dastlabki talablar va 
texnik topshiriq ishlab chiqildi va ularda ishlab chiqiladigan seyalkaning asosiy 
konstruktiv, texnologik va ish sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talablar shakllantirildi. 
Ushbu talablar asosida seyalka va uni ishchi qismlarining 2D va 3D o‘lchamli 
konstruksiyalari ishlab chiqildi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling