Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
26 
O‘zbekistonda sabzi еtishtirishning so‘ngi yillardagi holati ilmiy maqolalar va 
statistik manbalardan olingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi. Bunda sabzavot 
ekinlari, jumladan sabzi ekishni ko‘paytirish boshlangan 2018 yildan 2021 yilgacha 
bo‘lgan ma’lumotlar olindi. Ushbu ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda sabzi 
еtishtirishning so‘nggi yillardagi dinamikasini ko‘rish va holatni o‘rganish 
tushunarli bo‘lishi uchun u diagramma ko‘rinishiga keltirildi. 
Pushtaga sabzi urug‘ini aniq miqdorda ekadigan seyalkani ishlab chiqish uchun 
adabiyot manbalardan sabzavotchi olimlar tomonidan sabzini ekish sxemasi va 
chuqurligi hamda hakozolar bo‘yicha berilgan tavsiyalar o‘rganib chiqildi va ular 
asosida maqbul ekish usuli va sxemasi tanlandi.
Ushbu ekish usuli va sxemasini amalga oshiradigan seyalkaning maqbul 
konstruksiyasini ishlab chiqish sabzavot ekinlari va boshqa ekinlar urug‘ini ekishda 
qo‘llaniladigan amaldagi mavjud seyalkalarning tuzilishi va texnologik ish 
jarayonini tahlil etish asosida amalga oshirildi. Bunda ishlab chiqiladigan 
seyalkaning belgilangan texnologik jarayonni sifatli amalga oshirishi bilan birga 
uning konstruksiyasi еngil, soddaroq va tortishga qarshiligi kam bo‘lishiga asosiy 
e’tibor qaratildi. 
O‘tgan yillarga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 2018 yilda umumiy 
127702 gektar maydonga meva-sabzavot mahsulotlari ekilgan bo‘lib, shundan 
11983 gektarini sabzi va boshqa ekinlar tashkil etgan. 2019 yilda esa umumiy 
135641 gektar maydonga meva-sabzavot ekilgan bo‘lib, uning 19326 gektarini sabzi 
va boshqa ekinlar tashkil etgan. 2020 yilda еca umumiy 136184 gektarni tashkil 
etgani holda 19727 gektar maydonga sabzi va boshqa sabzavot ekinlari ekilgan. Bu 
ko‘rsatkich 2021 yilda umumiy 158752 gektarni tashkil etgani holda 23896 gektar 
maydonga sabzi va boshqa turdagi sabzavot ekinlari ekilgan. 
Sabzavot ekinlari orasida sabzi O‘zbekistonda ichki iste’mol va eksportdagi 
eng asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli uni asosiy 
va g‘alladan so‘ng takroriy ekin sifatida еtishtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda еrdan ikki marotaba hosil olib qo‘shimcha daromad topish 
maqsadida fermer va dexqon xo‘jaliklarining g‘alladan bo‘shagan maydonlarini 
asosiy qismiga sabzi ham ekilyapti. 
Buni sabzi ekilgan maydonlarning yillik o‘zgarish dinamikasida ham ko‘rish 
mumkin va u ijobiy tendensiyaga ega bo‘lib, sabzi ekilgan maydon 3-4 yil ichida
65 % ga oshgan (1-rasm). 
га 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling