Korreksion faoliyat – pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi
yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini
qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat.
Korreksiya (yun. “correctiio” – tuzatish; pedagogikada – pedagogik tuzatish) –
pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal
bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki to‘liq
tuzatilishi.
Metodika – aniq belgilangan maqsadga erishish yo‘lida, ma’lum vazifalarni
bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari, metodlari
va vositalari jamlanmasi hisoblanadi.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li,
usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga
solingan faoliyat usulini tanlash; ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li,
usuli; doimiy ravishda rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar,
usullar va qadamlar, harakatlar. Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi.
Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat
usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga
erishish uchun tashkil etilayotgan harakat.
Oilaviy tarbiya mexanizmlari – individual tarbiyaviy imkoniyatlari asosida
oila tomonidan farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda qo‘llaydigan vosita va
usullari
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – uning farzandlarni har
jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit va
sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali
tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyatini o‘rganish, tahlil qilish va baholash.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati – oilaning farzandlarni har jihatdan sog‘lom qilib
tarbiyalovchi omillar, sharoitlarga, oilaning sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzi
ega bo‘lishi hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali tayyorlashdagi kuchquvvati, qobiliyat.
“Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi”– maqsadi pedagogik ahamiyatga ega
ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har
tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik
jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat o‘quv
fani.
Do'stlaringiz bilan baham: |