Anketa (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish) – og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov vositasi. Anketa metodi


Diagnos (tashxis; “diagnosis” – “aniqlash”, “bilish”) atamasi esa “bemorni har tomonlama o‘rganib, uning kasalligini aniqlash” Diagnostika


Download 19.34 Kb.
bet2/4
Sana01.05.2023
Hajmi19.34 Kb.
#1418374
1   2   3   4
Bog'liq
GLOSSARIY

Diagnos (tashxis; “diagnosis” – “aniqlash”, “bilish”) atamasi esa “bemorni
har tomonlama o‘rganib, uning kasalligini aniqlash”
Diagnostika (tashxislash; yun. “diagnostikos” – “aniqlashga qodirlik”,
“aniqlashga imkon berish”) – tegishli sohalarda mavjud muammolarni keltirib
chiqaruvchi sabablarni aniqlash, nuqson va muammolarni bartaraf qilish yo‘li,
usul va tamoyillarini o‘rganish.
Intervyu metodi – respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish
orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror
jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish metodi.
Yo‘naltirish – shaxsning ish-harakati yoki faoliyatini aniq maqsad asosida
muayyan tomonga burish, ma’lum yo‘lga solish.
Kasbga yo‘naltirish – yoshlar, shu jumladan, o‘quvchilarning shaxsiy
layoqat, qiziqish va qobiliyatlari, shuningdek, ayni vaqtning o‘zida jamiyatning
turli kasb mutaxassislari va ularning malaka darajasiga bo‘lgan talablarini inobatga
olgan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat asosida tashkil etiluvchi ularni
muayyan kasbga tayyorlash jarayoni.
Kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy, aqliy qobiliyat va yuridik
huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turi; muayyan shaxsiy
sifatlarga tayanilgan holda tashkil etiluvchi mehnat faoliyati, mashg‘ulotning
ko‘rinishidir
Kasbiy qiziqish – o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunar asoslarini
o‘rganishga bo‘lgan intilishi, havasi.
Kasbiy qobiliyat – o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar yo‘nalishida
amaliy faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks ettirilgan
turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida ularning mazmunini
sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish usuli.
Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) – rivojlanishda jismoniy
yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish
metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish
jarayonini boshqarishni o‘rganuvchi fan.

Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling