O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini
Download 49.21 Kb.
|
Reja Kirish I bob. O’qitishga qo’yiladigan didaktik talablarning
Kirish O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida umumiy ta’lim fanlari bo`yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin dars va sinfdan tashqari ishlarda ilg’or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko’rgan holda amaliyotga tadbiq etishga bo’lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Davlat ta’lim standartlari o’quvchilar bilim va saviyasining minimal darajasini belgilaydi. Bu darajadan yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun izlanish va tashabbus lozim. Sinfdan tashqari ishlarda pedagogik innovatsiyalarni yaratish va ularni boshqarish, avvalambor, ana shu dolzarb vazifalarni hal qilib beradi. O’quv va dasrdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo’nalishi. Darslardan tashqari maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg’ulotlar: ekskursiyalar to’garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o’qishlar, qiziqishlar bo’yicha klublar va boshqa ishlar o’tkaziladi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish va shuningdek maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan chetdagi ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqiash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin. O’quv va darsdan tashqari faoliyatda uzluksiz jarayon sifatida ma’lum didaktik qonuniyatlarga asoslangan pedagogik tizim doirasida ijro etiladi. Bu tizimning samarasi esa o’qituvchining kasbiy mahoratiga, ijodkorligiga o’z ustida tinimsiz ishlashiga, jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarga moslasha olish tezligiga bog’liq, ya’ni o’qituvchi shaxsi va faoliyati ijtimoiy buyurtma talablariga mos holda yangilanib, rivojlanib borishi lozim. Albatta, yurtimizda yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini kamol toptirish, ularni sog’lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ’ibot - tashviqot ishlari olib borilmoqda1 Sinfdan tashqari ishlarning barcha turlari bir-birlarini to’ldirishi va takomillashtirishi lozim. Individual topshiriq yoki o’qituvchining tavsiyasini bajarishda muayyan qiziqish uyg’onishi mumkin. Bir necha o’quvchilardagi o’xshash qiziqishlarni aniqlab, o’qituvchi ularni to’garak yoki klubga birlashtiradi. Bunday birlashmalar ommaviy sinfdan tashqari tadbirlarning tashkiliy markazi bo’lib qolishi mumkin, ularni muvaffaqiyatli o’tishi uchun turli tayyorgarlik ishlari va ko’p sonli ishtirokchilar kerak. Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy shakli, mazmuni, o’tkazish metodlari jihatidan xilma-xil bo’lishi kerak. Uning mazmuni qandaydir doimiy bo’lmaydi. Maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg’ulotlar: ekskursiyalar, to’garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari ishlar, qiziqishlar bo’yicha klublar va boshqa ishlar o’tkaziladi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga q iziqishlarini uyg’otish va shuningdek maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan tashqari ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. O’quvchilar tarkibi, yoshi, qiziqishi va ehtiyojiga, maktabning tabiiy o’rami, yil fasli, xona va jihozlarga bog’liq. Download 49.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling