O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini


Download 49.21 Kb.
bet6/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.21 Kb.
#1488190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Kirish I bob. O’qitishga qo’yiladigan didaktik talablarning

O’zaro bir birini o’qitish usuli
Ko‘pchilikka ma‘lumki, o‘rganishning eng yaxshi usuli o‘zgalarni biror- bir narsaga o‘rgatishga harakat qilishdir. Bunda inson o‘zining hamma bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, bu vazifaga ijodiy ravishda yondashadi. O‘zaro bir- birini o‘qitish usuli ham huddi shu tamoyilga asoslangan bo‘lib bunda o‘quvchilarga vaqtinchalik o‘qituvchilik ro‘lini bajarish taklif etiladi va ular guruhdagi boshqa talabalarni o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq matnlar, qoidalar, dalillar yoki ma‘lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Guruhdagi har bir talabaga biror-bir matnning bir xil nusxasi tarqatiladi. O‘quvchilar galma- galdan o‘qituvchilik ro‘lini o‘ynaydilar. Bunda o‘qituvchilik ro‘lini o‘ynaydigan talabadan quyidagilarni bajarish so‘raladi. Ya‘ni, guruhdagi hamma talabalar matnning biror bir bo‘lagini o‘qib bo‘lganidan so‘ng o‘qituvchi:
- matn bo‘lagidagi ma‘lumotlarning mohiyatini qisqacha aytib va tushuntirib beradi;
- matn bo‘yicha savollar o‘ylab topib, ularga boshqa talabalarning javob berishini so‘raydi;
- boshqalar uchun tushunarsiz bo‘lgan joylarini qayta tushuntirishga va
ularning ma‘nosini chaqishga harakat qiladi;
- matnning keyingi bo‘lagida nimalar kelishi mumkinligi haqidagi o‘z taxminiy fikrlarini aytib va tushuntirib o‘tadi;
- matnning keyingi bo‘lagini o‘qish va uni atroflicha taxlil qilish uchun topshiriq beradi.
Bunday turdagi darsning boshlanishida avvalo, o‘qituvchining o‘zi talaba/o‘quvchiga bu usulni aniq va ravshan namoyish qilib berishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham u talabalarga o‘zining matnining birinchi qismi bo‘yicha munozara boshlo‘vchi bo‘lishini bildiradiva ulardan bu jarayonnni diqqt bilan kuzatish kerakligini so‘raydi. Talabalarning o‘zlari ham bu usulda dars olib borishlarini bilganlaridan so‘ng o‘qituvchining namoyish qilayotgan darsini diqqat bilan kuzatadilar va kerakli xulosa chiqaradilar. O‘qituvchi yuqorida keltirilgan besh bosqichdan iborat harkatlar ketma-ketligini tinglovchilarga batafsil tushuntirib bo‘lganidan so‘ng, har bir bosqichda shaxsn o‘zi nima qilishi lozimligini aniq va ravshan namoyish qilib berishi juda muhimdir. Bundan tashqari, o‘qituvchi matnni qanday usulda maqsadga muvofiq bo‘lgan qisimlarga bo‘lish muammosini ham oldindan hal qilib olishi lozim. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida tanlangan matn qismini 8-10daqiqa davomida muxokama qila olinishi ish muvaffaqiyatining garovidir. Demak, matnni qismlarga bo‘lganda, uning harbir alohida bo‘lagida qanday turdagi va hajmdagi ma‘lumotlar mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Savollarni ham mantiqiy, ma‘lum m‘eyorlarga rioya qilgan holda berish maqsadga muvofiqdir. Bunda ham talabalarga savol berish malakasini namoyish qilish lozim bo‘ladi. Savollar matn parchasida mavjud bo‘lgan fikrlarni oydinlashtirish va yanada chuqurroq tushuntirish, unda aytilmagan(lekin yashirin xolda mavjud) tomonlarini aniqlash va ularni talabalarning fikrlari bilan solishtirish maqsadida berilgani ma‘qul. O‘qituvchi ma‘lum turdagi va ma‘nodagi savollar vositasida talabalarning predmetni/sohani o‘rganish jarayonini iloji boricha maqsadli ravishda boshqarishi lozim. Matnning keyingi qismida nima kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytishda o‘qituvchi o‘z shaxsiy fikrlarini bildirishi yoki bu haqda talabalarning muloxazalarini ham so‘rashi mumkin. Agar talabalar birinchi namoyish vaqtida usulning mohiyatiga to‘la tushunmasalar yoki shartli ―o‘qituvchi‖ sifatida ishlashga qiynalsalar, o‘qituvchi ularga hamma bosqichlarni yana bir karra tushuntirib, ikkinchi marta namoyish qilish jarayonini amalgam oshirishi maqsadga muvofiqdir.
Keys stadi” metodi
“Keys-stadi” (ingliz tilida ―case – metod , ―ctudy – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) texnologiyasi o‘quvchi (talaba)larda aniq, real yoki sun‘iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarni toppish ko‘nimalarini shakillantirishga xizmat qiladi. U o‘quvchi (talaba)larni be‘vosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va taxlil qilishga o‘rgatadi.
Texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta‘lim shakillari, ta‘lim etodlari, ta‘lim vositalari, ta‘lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish usul va vositalari, ilmiy taxlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba) o‘rtasidagi ta‘limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari.
Klaster” metodi
Respondentlar guruhlarga bo’linadilar, Ularga belgilangan vaqt ichida mavzu yuzasidan o’zlashtirgan asosiy tushunchalarni qog’ozga tushirish talab etiladi. Topshiriqni bajarish jarayonida ularning chuqur mulohaza yuritishlari, yozuvlarning grammatik, orfografik jihatdan to’g’ri bo’lishi shart emasligi, shuningdek, qanday tushunchani yodda saqlab qolgan bo’lsalar, ularni yozishlariga ahamiyat qaratiladi. Belgilangan vaqt oralig’ida respondentlar mumkin qadar ko’proq tushunchalarni bayon eta olishlari zarur. Tushunchalar qog’ozga tushirilganidan so’ng respondentlar ularni mantiqiy ravishda bir-biri bilan bog’lab chiqadilar. Mashg’ulot jarayonida respondent-o’quvchilarning har bir topshiriqni bajarishdagi faol ishtiroki, o’z fikrini erkin bayon eta olish layoqati, fikrlarining aniq va mantiqiy asosga ega bo’lishi, o’zi mansub bo’lgan guruhdagi tengdoshlari bilan muloqot qila olish qobiliyati, topshiriqlarni bajarishga nisbatan ijodiy yondashuvi va boshqa ko’rsatkichlari inobatga olib borildi, mashg’ulot yakunida esa faol ishtirokchilar ma‘naviy jihatdan rag’batlantirib borildilar.

Download 49.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling