Anklarda mijozlarga ko
Pul muomalasiga doir ishlarni auditdan o‘tkazish
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
113-124
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Pul muomalasi” ishlari o‘rganilganda quyidagi 2 ta jihatga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
- Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022
Pul muomalasiga doir ishlarni auditdan o‘tkazish
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotni pul-kredit siyosati orqali tartibga solib turuvchi organdir. Uning vazifasi pul muomalasining barqarorligini va so‘mning xarid quvvatini saqlab turishdan iborat. Uning asosiy harakatlari inflyatsiyaga qarshi izchil kurash olib borishga, ishlab chiqarish barqarorligi uchun zamin yaratishga qaratilmog‘i lozim. “Pul muomalasi” ishlari o‘rganilganda quyidagi 2 ta jihatga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 1. Har yil yakunida keyingi yil uchun mijozlardan Hisob-kitob ma’lumotnomasi (Zayavka-raschet) to‘liq hajmda yig‘ilganligini (filialga yangi mijoz kelsa, keyingi Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 120 oydan kechiktirmasdan Hisob-kitob ma’lumotnomasi olingan bo‘lishi kerak) o‘rganish lozim. Filial tomonidan “Naqd pullarni berish kalendari”ni ishlab chiqilganligini, tuzilgan ish haqi berish kalendari mijozlar tomonidan tasdiqlab taqdim qilingan Hisob-kitob ma’lumotnomalari (Zayavka-raschet) asosida to‘g‘ri ishlab chiqilganligini o‘rganish lozim bo‘ladi. 2. Bundan tashqari mijozlar tomonidan taqdim qilingan “Hisob-kitob ma’lumotnomalari”da ko‘rsatib o‘tilgan kunlik kassa qoldiqlariga amal qilinishini, kunlik o‘rtacha naqd pul tushumining topshirilish ahvolini, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni olishga bo‘lgan talabi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish lozim bo‘ladi. Banklarda pul muomalasiga doir ishlar “O‘zbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan audit qilinadi. MUHOKAMA Mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini rasmiylashtirish tartibini audit qilish. Shu jumladan: 1. To‘lov topshiriqnomasi bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar auditi. 2. To‘lov talabnomalarini rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirilishini to‘g’riligini tekshirish. 3. Inkasso topshiriqnomasining rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha hisob- kitoblarni yuritilishi auditi. 4. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar auditi. To‘lov topshiriqnomasiga asosan mijoz korxona bankdagi hisob-kitob raqamidagi mablag’i hisobidan to‘lovni amalga oshirib berishini bankka topshiriq sifatida beradi. Unda to‘lov topshiriqnomasi korxona buxgalteri tomonidan to‘ldirilib, bankka korxonaga xizmat qiluvchi nazoratchi-hisobchiga takdim qilinadi. To‘lov topshiriqnomasida quyidagi rekvizitlar aniq va ravshan ko‘rinishi shart: · Nomi va tartib nomeri · Sana · To‘lovchining nomi, hisob-kitob raqami, banki va bank kodi · Oluvchining nomi, hisob-kitob raqami banki va bank kodi · Summa (son va so‘z kurinishida) · To‘lov maqsadi ·Korxona rahbari va bosh hisobchining imzosi,korxona muxri tushuriladi. Auditor tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan rekvizitlarning to‘g’riligi, ya’ni to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan sanasi, summani hisob-kitob raqamida va so‘zda to‘g’ri mavjudligi, imzolarning imzo namunalariga mosligi, To‘lov maqsadining Nizomda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling