Аnnotasiya


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1599720
  1   2   3
Bog'liq
tug-ilish-davri-inqirozi-uyg-onish-davri-allomalarini-asarlarida-1



 
 
 
 
 
 
АNNOTASIYA 
O’tgan ajdodlarimizning qomusiy asarlarida bola taraqqiyoti va tarbiyasi
masalalari katta o’rin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning “Masalalar mohiyati”, Abu
Rayhon Beruniyning “O’tmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”
asarlari, A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p asarlar shular
jumlasidandir.  
Kalit so’zlar:, “Masalalar mohiyati”, “O’tmish yodgorliklari”, “Tib qonunlari”
“Mahbub ul-qulub”, malaka, bilim, darslik, o'quvchi. 
 
Ma’lumki bola tug’ilishi va rivojlanisi davri va bu jarayonda yuzaga keladigan 
muammolar kishilik jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida ham o’z dolzarbligini 
yo’qotmagan va shunday bo’lib qoladi.
O’tgan ajdodlarimizning qomusiy asarlarida bola taraqqiyoti va tarbiyasi
masalalari katta o’rin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning “Masalalar mohiyati”,
Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib
qonunlari” asarlari, A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p asarlar
shular jumlasidandir. Umuman Sharq va G’arb madaniyatida ham psixologik –
pedagogik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy axloqiy negizda
yozilgan. XVIII asrga kelibgina ma`lum uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar
vujudga kela boshladi. Rus sotsial-demokratlari A.N.Gercen, N.G.Chernishevskiy,
N.A.Dobrolyubov, V.G.Belinskiylarning inson kamoloti to’g’risidagi qarashlari
psixologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Ushbu olimlar tug’ilish va rivojlanish davriga turlicha ta’riflar berib turlicha yosh 
guruhlariga ajratib ko’rsatganlar. Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga
o’tish bosqichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz 
berganligi sababli 1 yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga
to’g’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba`zi umumiy belgilarga ega. Bolalar
krizislar davrida qaysar, asabiy bo’lib qoladilar, kattalar bilan nizolar paydo
bo’ladi, avvalo bajaradigan ishlarini qilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida
paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlari qondirilmaydigan bolalar shunday reaksiya 
namoyon qiladilar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling