Annotation
Bitiruv loyiha ishing dolzarbligi
Download 0.65 Mb.
|
Halqaning ideali, faktor halqalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv loyiha ishining maqsadi va vazifasi.
KIRIShBitiruv loyiha ishing dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi. “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsad, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Shu ma’noda ta’lim sohasida yangiliklar va o‘zgarishlar ijtimoiy taraqqiyotning omili sanaladi. Ta’lim sifatini yaxshilash o‘quvchilarning intellektual faolligini oshirish bugungi kunda pedagoglarning bosh vazifasi hisoblanadi. Kadrlash tayyorlash milliy dasturining vazifalarida «O‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshiriladi...», deyiladi. Ana shu talablardan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish bugungi kun o‘qituvchisidan juda katta ma’suliyat o‘qitish jarayonida o‘qituvchi faoliyatida aniq-tiniq namoyon bo‘ladi va u o‘zi bilim bergan talabalarning salohiyati bilan o‘lchanadi. Shuning uchun talabalarga namunaviy dasturda keltirilgan tushunchalarni puxta o‘rgatish kerak. Bozor iqtisodiyot sharoitida kundalik hayotda uchraydigan masalalarni yechish talabalarning egallagan bilimlarini turmush bilan aloqasini mustaxkamlaydi, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog‘lom qilib o‘stirishga, milliy g‘oya, milliy mafkura va o‘z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog‘liq bo‘lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham “Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘lik faol munosabati bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak” deb ta’kidlashimiz bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosatida ustivor ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda oliy ta’lim muasasalarida ta’lim va tarbiya jarayonlarida matematik fanlar xususan “Algebra va sonlar nazariyasi” fanini o‘rganish va tahlil etish o‘ta dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bitiruv loyiha ishining maqsadi va vazifasi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, Algebra va sonlar nazariyasi fanini talabalar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirishiga hamda hayotga tadbiq eta olishga intilish, ularning kelajakdagi ish faoliyatida amaliy ahamiyat kasb etuvchi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Oliy ta’limda Algebra va sonlar nazariyasi fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: o‘quvchilarning kundalik hayotida, mehnat faoliyatida, shuningdek kelgusida bilim va malakalar sistemasini chuqur va ongli o‘zlashtirishni ta’minlash, o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashini shakllantirib berish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishga ko‘maklashish, vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptirish, rivojlantirish, matematika rivojiga qomusiy olimlarimizning qo‘shgan ulkan hissalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish, umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirish. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling