Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Birinchidan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan «Algebra va sonlar nazariyasi»fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish;
Ikkinchidan, «Algebra va sonlar nazariyasi» fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llarini yoritish;
Uchinchidan, «Algebra va sonlar nazariyasi»fani o‘quv dasturi mazmun mohiyatini ochib berish;
To‘rtinchidan, «Algebra va sonlar nazariyasi» fanidan elektron o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlash;
Beshinchidan, Oliy ta’lim muassasalarida «Algebra va sonlar nazariyasi» fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
- talabalarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularga misol va masalalar yechish yordamida ularni mustaqil mantiqiy fikrlashi, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi hislatlarini shakllantirish;
- talabalarga Algebra va sonlar nazariyasi fani va ularni tatbiqlarini o‘rgatish;
- amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida talabalarni ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishni ta’minlovchi uslubiy shart-sharoitlarni, uslublarini aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |