Annotatsiya : Shubhasiz futbol millionlar o'yini deb e'tirof etilishi bejiz emas, ammo bu yilgi chempionatning avvalgilaridan farqi shundaki
Download 15.33 Kb.
|
maqola nargiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sozlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
FIFA 2022 JAHON CHEMPIONATI Muallif : Xaydarova Nargiza Mirsaid qizi O'ZDJTU Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 2- bosqich talabasi Annotatsiya : Shubhasiz futbol millionlar o'yini deb e'tirof etilishi bejiz emas, ammo bu yilgi chempionatning avvalgilaridan farqi shundaki, tarixda birinchi bor Islom davlati unga mezbonlik qilmoqda va bir nechta rekordlarni yangilashga ham muvaffaq bo'lmoqda. Tayanch so'zlar : futbol, Qatar, FIFA, jahon chempionati, stadion, umumiy mablag‘. Yaqin Sharqdagi ilk jahon chempionati! Qatar Yaqin Sharqda jahon chempionatiga mezbonlik qilayotdan birinchi davlatdir. Qolaversa, jahon chempionati Osiyoda ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Birinchi bor 2002 - yilda Osio miqyosida Yaponiya va Janubiy Koreya birgalikda Jahon chempionatini tashkil qilgan va mezbonlik qilgan edi. O‘sha turnirda Braziliya finalda Germaniyani mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan. Tarixdagi birinchi qishki chempionat! 2022 yilgi jahon chempionati tarixdagi birinchi qishki jahon chempionati hisoblanadi. Qatarda yoz juda issiq bo'ladi va havo harorati 50 darajaga yetishi ham mumkin. Bunday sharoitda har qanday global, xalqaro tadbirni o‘tkazish deyarli imkonsiz. Shunday qilib, FIFA Jahon chempionati odatdagi yozgi mavsumda emas, qishda o'tkazilishi belgilandi. Eng kichik mezbon davlat! Qatar ham geografik, ham aholi soni bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan eng kichik davlatga aylandi. 1930 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati paytida Urugvay aholisi taxminan 3,5 million kishi edi. 2,6 million aholiga ega Qatar bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lotin Amerikasi davlatining rekordini yangiladi. Debyutant mezbon! Qatar ushbu turnirda debyutant hisoblangan jahon chempionatining birinchi mezboni hisoblanadi. Mamlakat 1963 yildan beri FIFA a’zosi. O‘shandan beri Qatar jahon chempionatiga chiqishda muvaffaqiyatsiz harakat qilayotgan edi. Mahalliy jamoa 1990 yilda g‘alaba qozonishga yaqin kelgan, ammo saralashning so‘nggi bosqichidan o‘ta olmagan edi . Shu tariqa Qatar mundialda ishtirok etmagan birinchi mezbon davlatga aylandi. Qatar jahon chempionati o‘yinlari uchun atigi 8 ta stadionga ega. Bu jahon chempionatiga ajratilgan eng kam miqdordan biri hisoblanadi . 1978 yilda Argentina jahon chempionatiga atigi 6 ta stadion bilan mezbonlik qilgan edi. Shunga qaramay ushbu stadionlar o'ziga xos qulayliklarga ega. Qatardagi barcha 8 ta stadion 60 km radiusda joylashgan bo‘lib, bu jahon chempionati tarixidagi eng ixcham hudud qamrovidir. Muxlislar bir stadiondan ikkinchisiga 1, 5 soatdan kamroq vaqt ichida yetib olishlari mumkin. Qolaversa, 8 ta maydondan faqat bittasi ta’mirlangan va yettitasi noldan qurilgan. Bundan tashqari jahon chempionati ilk bor kondisionerli stadionlarda o‘tkazilmoqda. Qatardagi barcha 8 ta arenada kondisioner mavjud bo'lib, bu muxlislarga o‘yinlarni qulay tomosha qilish imkonini beradi va futbolchilarning maydonda o‘ynashi uchun yetarli sharoit yaratadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tribunalar to‘la bo'lgan holda ham harorat 25 darajadan oshmasligi e'tirof etilmoqda. Tarixdagi eng qimmat Jahon chempionat! Infratuzilma, yangi stadionlar qurish va eskilarini ta’mirlash, jahon chempionatini o‘tkazish uchun sarflangan mablag‘ni qo‘shib hisoblasak, Qatar o'z budjetidan 220 milliard AQSh dollarini sarfladi va bu tarixdagi eng qimmat jahon chempionati hisoblanadi. Braziliya 2014-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun sarflagan mablag‘dan taxminan 14,6 baravar ko‘pdir. 2022 yilgi jahon chempionati 2008 yilda boshlangan Nation Vision loyihasining bir qismidir. Qatar 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi va jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tsa, 2036 yilgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun da’vogarlik qilishi kutilmoqda. Ushbu jahon chempionatidagi qiziqarli faktlar : Angliya - eng qimmat terma jamoa(1.5 milliard yevro); Kilian Mbappe -eng qimmat futbolchi ( 160 million yevro); Yusuf Mukoko -eng yosh futbolchi ( Germaniya, 18 yosh ); Senegal - butunlay xorijiy tarkibga ega yagona jamoa; Tomas Myuller - ishtirokchi futbolchilar ichida eng yaxshi to’purar ( 10 ta ). Xulosa qilib aytganda, Qatar ushbu chempionatga munosib mezbon bo'lmoqda. Qayd etilgan yangi - yangi rekordlar esa buni isbotlaydi. Yana bir faktni takidlash joizki, turnir boshlangandan bu yon Qatarda o'tkaziladigan diniy maruzalarda minglab boshqa din vakillari Islomni qabul qilib musilmon bo'lishdi. Foydalanilgan adabiyotlar : www.gazeta.uz www.qatar.com "Jahon chempionati arxiv " www.fifa.world.cup Download 15.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling