Annotatsiya: Maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari “qissasi asari tahlilga tortilgan. Unda qadriyat,milliylik, onalarning Vatanga tenglashishi, mehr-muhabbati cheksizligi tasvirlangan. Kalit so‘zlar
Download 68.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5471956899685469334
Asosiy qismi:Jonli va hayotiy tasvirlar, o'zbekona yondashuv va
xarakter,qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalar-u, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan:„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi “. Muallif shunday deydi:”Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning ularning barchasida men uchun aziz odam-onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Faqat ba’zilarining ismi o’zgardi xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog’langan.Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o’xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag’ishlanadi, aziz Onajonlar! “ Shu o'rinda qissadagi «Gilam paypoq» hikoyasiga diqqat qilaylik. Unda ona o'z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor. Ona qattiq shamollab qolgan o'g'ilchasini shosha-pisha «Voy, endi nima qilaman! Voy,bolam o'lib qoladi!» degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, o'z sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygani—oyog'ini sovuqqa oldirgani ma'lum bo'ladi.Ertasiga onasi qattiq shamollab yotib qoladi, dori-darmondan keyin tuzaladi, biroq salqin tushishi bilan oyoqlari shishib, azob beradigan bo'lib qoladi. Bu ham “ona mehrinining”naqadar cheksiz ekanligining yorqin dalili emasmi …… Qilgan yaxshiligi evaziga hech narsa talab qilmaydigan, faqat siz uchun kuyib yonadigan, minnat qilmaydigan, istalgan paytingizda jonini so‘rasangiz beradigan yagona zot u-Ona! Biz farzandlar buning qadriga ertaroq yetaylik.Ko‘zimizni kattaroq ochib qaraylik-chi, kim shu kungacha ona kabi bizga sadoqatli bo‘la oldi. Kim eng og‘ir kunimizda ham dalda bo‘lib tura oldi. Shu kungacha o‘tgan vaqtimizni, hayot yo‘limizni bir tahlil qilib ko‘raylik. Bizning birinchi yig‘imiz onalarimizni xursand qilgan xolos,qolgan barcha damlarda ular doimo biz bilan birga. Asardagi “Alla” deb nomlangan bob ham nihoyatda ta'sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo'shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir. Yozuvchi bu ezgu qo'shiqni ilohiy kuchga ega bo'lgan, ko'ngilni eritadigan ohang sifatida ta'riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o'qish qiyin. “Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o‘o‘z seviklisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam aytgan qo'shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go'dak tushungan narsaga biz tushunmasak?Ehtimol buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona -tabiatning eng buyuk ixtirosidir. “ “Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniyfazilati qalamga olingan.Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo'shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi.O'tgan yili ularga tufli olib bergan bo'lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko'ylak sovg'a qiladi. O'g'illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi. Qissaning “Iltijo” deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to'lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda ta'sirchan ifodalanadi.Chunki onalarimizning hayotdagi o'rni beqiyosdir. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib,atrofimizda parvona bo'ladi,parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo'msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg'ularini g'oyat samimiy tasvirlay oladi. Download 68.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling