Annotatsiya. Mazkur maqola Sardoba tumani taponimlarining hududiy xususiyatlari va ularni qayta nomlash masalalari bo’yicha yoritilgan
Download 26.86 Kb.
|
sardoba maqola
Qo’ytosh – Sardoba tumanidagi mahalla. Jizzax viloyati G’allaorol tumani Qo’ytosh tumanidan odamlar ko’chib kelib yashaganliklari uchun Qo’ytosh mahallasi nomi berilgan.
Yurtdosh-Sardoba tumanidagi mahalla fuqorolar yig’ini. Yurtdosh mahallasi deb atalishiga sabab Sardoba suv ombori suv toshqinidan keyin bu yerda Qoraqalpog’iston hamda Toshkent viloyatlaridan quruvchilar kelib 37 dona 4 qavatli uy qurilgan. Shuning uchun bu joyni yurtdosh mahallasi deb atashgan. Yuqoridagi noy nomlaridan kelib chiqib Sardoba tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo’yicha quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik. Maʼrifat ko‘chasi (Do‘stlik MFY), Fayzliobod MFY da Alisher Navoiy ko‘cha nomi, Fayzliobod MFY da Bog‘ishamol ko‘cha nomi, Fayzliobod MFY da Ko‘kterak ko‘cha nomi, Quyi Qo’ytosh mahallasidagi Tinchlik ko‘cha nomi, Baxor ko‘chasi (Yangiqishloq MFY), Navro‘z MFY o‘zida Yoshlar ko‘chasi, O‘qituvchilar ko‘chasi (Yangiqishloq MFY), Zomin MFY da Yangi hayot nomi, Ravot MFYda Mingchinor ko‘cha nomi, Zomin MFY da A.Temur ko‘cha nomi, Do‘stlik MFYda Nurafshon ko‘cha nomi, Paxtakor MFYda Bog‘li hayot ko‘cha nomi takrorlanganligi sababli qayta nomlash lozim. Bundan tashqari Quyitoshda ham Chinor ko‘chasi bor bu ko‘cha kiritilmay qolgan, Navro‘z MFYda 10ga yaqin nomsiz ko‘cha mavjud, Zomin MFY da Hilqat ko‘chasi nomi qonun talablariga zid, texnogen talofatdan keyin Beg‘ubor ko‘chasi, Shodlik va Sinchalak ko‘chasi, Fusunkor ko‘chalarida ko‘p qavatli uylar qurilganligi sababli bu joylarni ham qayta nomlash kerak. Xulosa qilib atadigan bo’lsak joylarga qo‘yilgan nomlar, ya’ni toponimlar bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi. Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir. Adabiyotlar ro’yhati 1. Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусиятлари. –Тошкент: Фан, 1989. 2. Қораев С. Ўзбекистон вилояти топонимлари. –Тошкент: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi» Давлат илмий нашриёти, 2005. 3. Ҳасанов Ҳ. Географик номлар сири. Т., Ўзбекистон, 1985 4. Qorayev S. Toponimika. Тоshkent, 2006. Download 26.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling