Ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonun talablaridan kelib chiqib huquqiy yechim bering Kazusga javob
Download 15.2 Kb.
|
Nurmatova Laylo ma\'muriy oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonun talablaridan kelib chiqib huquqiy yechim bering Kazusga javob;
- Foydalangan adabiyotlar; 1.Ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonun. 2.Ma’muriy huquq darslik 3.std.tsul.uz sayti
Kazus Arizachi Mastanov J Qibray tumani, Zebuniso ko’chasi, 16- uyda oila a’zolari bilan birgalikda doimiy ro’yhatdan turib yashab kelishligini, Qibray tuman hokimining 11.09.2007-yildagi №2152-sonli qaroriga ko’ra, unga Qibray shaharcha fuqarolar yig’ini markazi hududidan “To’y va marosimlar o’tkaziladigan majmua qurilishi” uchun 0,45 ga qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni ajratib berilganligini hamda To’y va marosimlar o’tkaziladigan majmua qurilishiga viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasidan memorchilik rejalashtirish topshirig’i olinishi kerakligi ko’rsatib o’tilganligini, u og’ir xastalikka duchor bo’lib, bir necha yillar davomida shifoxonalarda statsionar tartibda yotib davolangani sababli va moddiy tomondan qiynalib qolgani uchun ancha vaqt mobaynida mazkur unga ajratib berilgan yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshira olmay qolganligini, bugungi kunda u o’ziga ajratilgan yer maydonida qurilish ishlarini olib bormoqchi bo’lganida Qibray tuman hokimining 20.09.2017- yil №2728-sonli qarori bilan unga ajratilgan Qibray shaharcha fuqarolar yig’ini markazi hududidan “To’y va marosimlar o’tkaziladigan majmua qurilishi” uchun 0,45 ga yer maydoni ajratish to’g’risidagi 11.09.2007-yildagi №2152-sonli hokim qarori bekor qilinib, Qibray tuman davlat zaxirasiga qaytarilgani ma’lum bo’lganligini, Qibray tuman hokimligi unga ajratilgan yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarib olish to’g’risida qaror qabul qilishda qonun talablariga zid ravishda, ya’ni uni ogohlantirmasdan, hujjat imzolanganligini ta'kidladi. Vaziyatga huquqiy baxo bering. Ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonun talablaridan kelib chiqib huquqiy yechim bering Kazusga javob; Avvalo qaysi ma’muriy huquqiy munosabat turi ekanligini aniqlab olamiz. O’zi ma’muriy-huquqiy munosabat turlariga;vertikal,gorizontal,internal va eksternal kabilar mavjud.Bu vaziyatda eksternal munosabat vujudga kelgan..Eksternal munosabat bu davlat boshqaruvi organi bilan jismoniy yoki yuridik shaxs o’rtasidagi munosabatdir. Manfaatdor shaxsga ham ta’rif berib o’tishimiz kerak chunki ushbu vaziyatda manfaatdor shaxs ishtirok etgan.Bu yerda manfaatdor shaxs Mastanov J ismli shaxs hisoblanadi.Manfaatdor shaxs haqida ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonunning 4-moddasida keltirilgan ya’ni bu qonunda manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsdir. Bu holatda ma’muriy organ ham ishtirok etgan.Ma’muriy organ haqida ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonunning 4-moddasida keltirilgan ya’ni bu qonunda shunday deyilgan ma’muriy organ— ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar Bu vaziyatda ma’muriy organ Qibray tuman hokimligidir. Qibray tuman hokimining 11.09.2007-yildagi №2152-sonli qarori bo’yicha manfaatdor shaxs hisoblangan Mastanov J yer ajratilgan lekin so’g’ligida muommo bo’lgani uchun o’sha ajratilgan yerida qurilish qila olmagan oradan ancha vaqt o’tgandan kegin Qibray tuman hokimining 20.09.2017-yil №2728-sonli qarori bilan unga ajratilgan Qibray shaharcha fuqarolar yig’ini markazi hududidan “To’y va marosimlar o’tkaziladigan majmua qurilishi” uchun 0,45 ga yer maydoni ajratish to’g’risidagi 11.09.2007-yildagi №2152-sonli hokim qarori bekor qilingan.Bu qaror bo’yicha manfaatdorga shaxs bo’lgan Mastanovga xabar berilmagan va ogohlantirmagan.Ushbu vaziyatda Qibray tuman hokimi ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonunning 6-moddasi Qonuniylik prinsipini buzmoqda.Ushbu moddada shunday deyilgan.Ma’muriy tartib-taomillar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.Ma’muriy tartib taomillar to’g’risidagi 36-moddadan ham foydalanamiz.Ya’ni bu modda shunday yozilgan.Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy organ mumkin qadar qisqa muddatlarda, ammo ariza ma’muriy organda ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran, ma’muriy hujjat ma’muriy organ tashabbusi bilan qabul qilinadigan taqdirda esa, adresat ma’muriy ish yuritish boshlanganligi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz ish kunidan kechiktirmay ma’muriy ishni ko‘rib chiqadi va ma’muriy hujjatni qabul qiladi. Ma’muriy organlarning tashabbusi bilan ma’muriy hujjatlarni qabul qilishning eng ko‘p muddatlari qonunchilikda belgilanadi. Ma’muriy ish yuritish muddati qonunda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy organ tomonidan uzaytirilishi mumkin.Ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi ariza ma’muriy organda ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi, ma’muriy hujjatni ma’muriy organning tashabbusiga ko‘ra qabul qilish uchun esa ushbu muddatning o‘tishi adresat ma’muriy ish yuritish boshlanganligi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e’tiboran boshlanadi.Agar ariza taalluqliligi bo‘yicha vakolatli ma’muriy organga qayta yuborilgan bo‘lsa, ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi ma’muriy ish tegishli vakolatli organga kelib tushib, ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi.Ma’muriy ish yuritish muddatlari kunlar, oylar va yillar bilan hisoblanadi.Agar ma’muriy ish yuritish muddati dam olish (bayram) kunida tugasa, shu kundan keyingi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.Biz yana ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonunning 33- moddasidan ham foydalanishimiz kerak.Ya’ni bu modda shunday deyilgan. Xabarnomani topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborish yoki tilxat olib topshirish yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda xabardor qilish ma’muriy ish yuritishda tegishli tarzda xabardor qilish hisoblanadi. Tegishli xabarnoma manfaatdor shaxs tomonidan olingan payt xabardor qilish vaqtidir.Manfaatdor shaxslar o‘z manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’muriy organga ma’muriy ishni yuritish vaqtida ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, xabarlar ma’muriy organga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuboriladi hamda yetkazib berilgan deb hisoblanadi.Agar manfaatdor shaxslar o‘z telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini ma’muriy organga ma’lum qilgan bo‘lsa, ular bu ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’muriy organni ma’muriy ish yuritish vaqtida yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi kerak.Xabarnomani manfaatdor shaxsga tilxat olib shaxsan topshirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, xabarnoma u bilan birga yashaydigan voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga yoki bunday shaxslar bo‘lmasa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchisiga (ta’lim muassasasi ma’muriyatiga) tilxat olib topshirilishi mumkin. Xabarnomani qabul qilgan shaxs imkoniyat bo‘lishi bilan uni kechiktirmasdan manfaatdor shaxsga topshirishi shart.Xabarnomani qabul qilishni rad etgan manfaatdor shaxs tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi. Rad etish xabarnomaga belgi qo‘yish orqali rasmiylashtiriladi va xabarnoma ma’muriy organga qaytariladi. Manfaatdor shaxsning xabarnomani qabul qilishni rad etganligi to‘g‘risidagi belgi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchisi (ta’lim muassasasi ma’muriyatining mansabdor shaxsi) tomonidan yoxud ikkitadan kam bo‘lmagan fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.Tegishli tarzda xabardor qilish faktini isbotlash majburiyati ma’muriy organning zimmasida bo‘ladi.Lekin bu vaziyatda Mastanov J xabardor qilmagan.Agar haqiqatdan qaror bekor qilgan bo’lsa ma’muriy tartib taomillar to’g’risidagi 60-moddada ma’muriy hujjatni bekor qilish tartib-taomilida aytilishicha ma’muriy hujjatni manfaatdor shaxs manfaatlariga zid ravishda bekor qilish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uni majlisda qayta ko‘rib chiqish orqali amalga oshiriladi.Ya’ni bu vaziyatda bekor qilingan qaror qayta ko’rib chiqilishi kerak. Mastanov J ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonunning 64-moddasiga binoan shikoyat berish tartibiga amal qilgan holda shikoyat berishi mumkin.Ushbu 64-moddada shunday yozilgan Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy shikoyat ma’muriy hujjat, protsessual hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga ma’muriy harakat haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.Ma’muriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib chiquvchi ma’muriy organ tomonidan tiklanishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Qibray tuman hokimining 11.09.2007- yildagi №2152-sonli qarorini bekor qilish vaqtida fuqaro Mastanov J ogohlantirishi kerak edi.Lekin unday ish qilmagan bundan ko’rinib turibdiki Qibray tuman hokimligining xatti-harakati noqonuniy hisoblanadi, bu esa fuqaro Mastanov Jga zarar keltirmoqda.Chunki qaror chiqishidan oldin ogohlantirishi kerak ma’muriy tartib taomillarda ham manfaatdor shaxsni ogohlantirishi kerak qaror chiqayotgan vaqtida shunda adolatli bo’lardi.Ma’muriy tartib taomillarda ham chiqarilayotgan ma’muriy hujjat ham manfaatdor shaxsga qiyinchilik tug’dirmasligi kerak deyilgan.Bu vaziyatda fuqaro Mastanov J Qibray tuman hokimligini ustidan yuqori turuvchi organga murojat qilishi kerak deb hisoblayman. Foydalangan adabiyotlar; 1.Ma’muriy tartib taomillar to`g`risidagi qonun. 2.Ma’muriy huquq darslik 3.std.tsul.uz sayti Download 15.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling