|
|
|
Qibray tuman
Maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limi mudiri
Yuldashova.F.J. ga
Qibray tumani 49-maktab direktori
N.Erkinovada
|
KAFOLAT XATI
Qibray tumandagi 49-umumta’lim maktablariga 2023-2024 o‘quv yilida 25 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan va shu asosda “Prezident sovg‘asi”ga buyurtma (prognoz) berildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, 2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining
1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda ya’ni, 2016 yilning
31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalarni qabul qilish hamda olti yoshli bolalarni qabul qilmaslik bo‘yicha tuman (shahar)dagi barcha umumta’lim maktablari direktorlarini ogohlantirdim.
Shuningdek, an’anaviy shaklda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni umumta’lim maktablari tomonidan shu kunning o‘zida “Yagona elektron tizim erp.maktab.uz” tizimga kiritilishini;
tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, hududdagi nodavlat ta’lim tashkilotlari va boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotlarni shu kunning o‘zida vazirlikning elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritilishini ta’minlayman.
Bundan tashqari, qabul rejasini shakllantirishda umumta’lim maktablariga biriktirilgan mikrohududdagi maktab yoshiga yetgan bolalar hamda joriy o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar soni, maktabning sig‘imi, malakali pedagoglar bilan ta’minlanganlik holatlari inobatga olindi.
Prognoz ko‘rsatkichlardagi bolalar soni Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti (https://stat.uz/)dagi ma’lumotlar
(2016 yilda tug‘ilgan bolalar soni) bilan taqqoslangan bo‘lib, 2023/2024 o‘quv yilida “Prezident sovg‘asi”ga qo‘shimcha buyurtma berishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.
Ta’lim muassalarida qabul va faoliyatga doir boshqa jarayonlarni tashkil etishda shaffoflikni ta’minlash
hamda qonunbuzarlik (ta’magirlik va korrupsiya) holatlariga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qilishga kafolat beraman.
Maktab direktori v.v.b N.Erkinova
Do'stlaringiz bilan baham: |