Annotatsiya. Mazkur maqola Sardoba tumani taponimlarining hududiy xususiyatlari va ularni qayta nomlash masalalari bo’yicha yoritilgan


Download 26.86 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1381708
1   2   3
Bog'liq
sardoba maqola

Qo’rg’ontepa-Sardoba tumanidagi mahalla nomi. Qo‘rg‘ontepa qishlog‘i – mazkur toponim qo‘rg‘oni hamda tepaligi bor qishloq ma'nosini bildiradi. U qo‘rg‘on va tepa so‘zlaridan tashkil topgan. Qadimda tepaliklar yon bag‘rida himoya qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Mana shu jarayonning mazmunini toponim o‘zida jamul-jam qilgan. Bir vaqtlar qaroqchilar Makoni, qo’rg’oni bo’lganligi uchun qo’rg’ontepa nomi berilgan. Hozirgi kunda Al-Xorazmiy nomini bilan nomlangan. Sardoba suv ombori suv toshqinidan so’ng bu joylarni xorazimliklar tomonidan obod etilib “Al-Xorazmiy” nomi berilgan.
Gumbaz – Sardoba tumanidagi qishloq nomi. Rivoyatlarga ko’ra Samarqand viloyatidan Sardoba tumanigacha odamlar bir tekis bo’lib turib,g’ishtlarni qo’lma-qo’l qilib gumbaz bunyod etishgan ekan. Shu bilan bu qishloq nomi Gumbaz nomi bilan atalib kelingan. Hozirgi kunda bu qishloq nomi “Fayziobod ” nomi bilan o’zgartirilgan.
Baxmal mahallasi – Sardoba tumanidagi mahalla. Baxmal tumani Jizzax viloyatidajoylashgan. Shu tumandan ko‘chib kelganlar yashaydigan joyni, mahallani Baxmal mahalla deb atalgan.
Chubor- Sardoba tumanidagi qishloq nomi. Sardoba tumanida SSSR davrida tovuq fabrikasi tashkil etilgan. U yerda ishchilar uchun qishloq uylari qurilgan. Asosan fabrikada ishlash uchun Jizzax viloyati Baxmal tumani Chubor qishlog’idan ishchilar ko’chib kelib ishlagan. Shu sababli Chubor qishlog’i nomi qo’yilgan.
Rabot - Sardoba tumanidagi mahalla. Rabot- mustahkam langan qo'rg'onlarda soqchilar turadigan joy yoki istehkom qo‘rg‘on, savdo yo'llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy, shahardan chetroqdagi turar joy ma’nolarini anglatadi.
Bu atama haqida mutaxassislar turlicha fikr bildirgan. Jumladan, akademik V.V. Bartoldning ma’lumotlariga qaraganda, musulmon dunyosi kabi Turkistonda ham diniy urush - g‘azovot uchun devor va g'ovlardan tashqari ribotlar (to‘g‘ri talaffuzi shunday) yoki rabotlar qurilganlar. Buni Turkistondagi rabod so‘zi bilan adashtirmaslik kerak, deydi akademik. Rabot so'zining ma’nosi «ot bog‘lanadiganbjoy» demak, Rabot muqaddas, ya’ni diniy urush uchun kurashadigan g‘oziylar uchun mo'ljallab qurilgan. G'oziylar rabotda dushmanlar bilan yuzma-yuz yashab, ulaming hiyla-nayranglarini, hujumlarini daf qilib turganlar. Ribotlar (rabotlar) otliq askarlar dastalari uchun kazarma rolini bajargan. Bundan tashqari, O‘rta Osiyoda rabod yoki rabaz atamasi ham bo'lgan. Tarixchi A.A. Semenovning gaplariga qaraganda, shaharga tutash mahallalar rabaz deb yuritilgan. Shunday qilib, dastlab rabaz deganda ichki shaharni emas, balki shahar atrofidagi devor hamda shaharga tutash qishloq-mahallalar tushunilgan.
Jizzax viloyatining Ravot qishlog’idan odamlar ko’chib kelib yashaganligi uchun bu mahallaga Rabod mahalla nomi berilgan.

Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling