Annotatsiya. Mazkur maqola Sardoba tumani taponimlarining hududiy xususiyatlari va ularni qayta nomlash masalalari bo’yicha yoritilgan


Download 26.86 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1381708
  1   2   3
Bog'liq
sardoba maqola


SARDOBA TUMANI TOPONIMLARINING HUDUDDIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI QAYTA NOMLASH MASALALARI
Berdibekova Dilfuza Xoldorbekovna
O’zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 70530402-Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya. Mazkur maqola Sardoba tumani taponimlarining hududiy xususiyatlari va ularni qayta nomlash masalalari bo’yicha yoritilgan. Tumandagi mavjud geografik obyekt nomlari va ularning kelib chiqish tarixi, millatimiz, mintalititimizga to’g’ri kelmaydigan, dinimiz, tariximizga umuman aloqasi yo’q begona nomlarni aniqlash va ularning nomini o’zgartirish bo’yicha taklif va xulosalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: ijtimoiy obyekt, geografik obyekt, ko’cha peshtoqlari, atamalar komissiyasi, toponomik tadqiqot, qayta nomlash, Bog’ora, Gumbaz.
TERRITORIAL CHARACTERISTICS OF SARDOBA DISTRICT TOPONAMES AND ISSUES OF THEIR RENAMEMENT
Berdibekova Dilfuza Xoldorbekovna
Abstract. This article covers the territorial features of the toponyms of Sardoba district and the issues of their renaming. There are suggestions and conclusions on identifying and changing the names of existing geographic objects in the district and the history of their origin, foreign names that do not correspond to our nation, culture, religion, and history.
Key words: social object, geographical object, street facades, terminology commission, toponomic research, renaming, Bogora, Gumbaz.

Mamlakatimizda geografik joy nomlarini o’rganish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda joy nomlarining, ko’cha peshtoqlaridagi xalqimizga yod, millatimiz, mintalititimizga to’g’ri kelmaydigan, dinimiz, tariximizga umuman aloqasi yo’q begona nomlar qo’yilishi, to’g’ri nomlarning buzilib yozilishlari ko’paymoqda.
Afsuski jamoat joylarida, ko’chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko’pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yod mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan umumiy savodxonlik darajasi tushib ketayotganidan dalolat beradi shu munosabat bilan, Vazirlar mahkamasi atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalani keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy o’rganib chiqish va tartibga solishi zarur. Chunki ijtimoiy obyektlarga nom berish bu shunchaki shaxsiy masala yoki xususiy ish emas. Joy nomlari muhim ahamiyatga ega. Joy nomini o’zgartirish bu shunchaki bir nomni o’rniga boshqasini qo’yish emas, bunda qanchadan – qancha xujjatlar, peshtoqlardagi yozuvlar o’zgarishiga olib keladi. Bu o’z navbatida vaqtni va mablag’ni talab qiladi, bunday muammolar bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.
Bunday masalalarning amaliy yechimi sifatida Sardoba tumanida bir qancha toponomik tadqiqot ishlari amalga oshirilishi lozim. Tumandagi geografik obyekt nomlarining kelib chiqish tarixini o’rganildi. To’planilgan ma’lumotlar asosida Sardoba tumanidagi geografik obyekt nomlari bir qancha obyekt nomlari qaytadan nomlash uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
Sardoba- Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1992-yildan Sharof Rashidov tumani, 2004-yildan Sardoba tumani nomini oldi.
Sardoba tumani 1954-yil tashkil topgan. Maydoni 518,1 km2. Aholisi 60,1 ming kishi. Tuman markazi-Paxtaobod shaharchasi. Sardoba tumani 1ta shaharcha 6ta qishloq fuqarolar yig’ini va 20 ta mahalla fuqarolar yig’inidan iborat.
Sardoba-(fors, toj. - sovuq va ob - suv) - suv tanqis hududlarda uni to‘plash va saqlash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. O‘rta Osiyo va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda qurilgan. Sardobaning devori silindr shaklida, diametri 12-13 metr, chuqurligi, 10-15 metr, hovuz yuzasi yer sathi bilan bir tekis bo‘lgan. Sardoba gumbazi sifatli pishiq g‘isht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga suv tushadigan teshiklar qilingan. Kirish uchun Sardobaga eshik ham o‘rnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor bilan o‘ralgan. Sardoba yoniga mollarni sug‘oradigan oxur kilinib, unga hovuzdan maxsus tarnov orqali suv oqizilgan. Baʼzi Sardobalarda ularni nazorat va tozalab turuvchi miroblar uchun xonalar ham bo‘lgan.
Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda Movarounnahrda 44 ta Sardoba bo‘lgan. Ulardan 29 tasi Qarshi cho‘lida, 3 tasi Mirzacho‘lda, 3 tasi Toshkent bilan Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi savdo yo‘lida, 1 tasi Karmana yaqinida - Cho‘li Malikda qurilgan. Hozir saqlanib qolgan Sardobalar tarixiy etnografik ahamiyatga ega.
Bog’ora-Sardoba tumanidagi mahalla fuqorolar yig’ini nomi. Bog’ora so’zi “lalmikor yer” degan ma’noni anglatgan. Oktabrning 60 yilligi munosabati bilan savxoz bunyod etilgan. Mustaqillikdan keyin fermer xo’jaliklari tashkil etilgan. Ayni paytda klasterlar tashkil etilib, shu klasterlarga biriktirilgan. Hozirda Bog’ora nomi “Do’stlik” nomi bilan o’zgartirilgan.

Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling