Annotatsiya. Men Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umum ta`lim maktabi huquq fani o`qituvchisi Jo’raqulova Noila Normamatovna 8


Download 26 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi26 Kb.
#1004995
Bog'liq
Annotatsiya


Annotatsiya.
Men Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umum ta`lim maktabi huquq fani o`qituvchisi Jo’raqulova Noila Normamatovna 8-sinflar uchun 30 o`quvchiga mo`ljallangan 45 daqiqalik “O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi” mavzusida dars ishlanmasini yozdim. Dars maqsadini “huquq fanining sir asrorlarini o’rganib,mustaqil fikrlay oladigan,siyosiy ongli,huquqiy madaniyatli shaxslarni tarbiyalash” deb qo`ydim. Men tezkor savollar ,test savollaridan foydalanib o`tilgan mavzuni mustahkamladim. O`quvchilarni huquq fanidan DTS asosida davlat boshqaruv organlari asosida haqidagi bilimlarni egallashlarida yurtboshimiz boshchiligida olib borilayotgan boshqaruv sohasidagi islohotlar haqidagi fikrlari orqali o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarini oshirishga e`tibor qaratish kerakliligini ta’kidlab o’tdim.
Psixologlar fikriga ko`ra ko`rish orqali 30%, namoyish qilish orqali 50%,munozara orqali 80% ma’lumotni xotirada saqlab qolinganligi uchun yangi mavzuga “Marra sari olg’a’’ metodi orqali zamin tayyorlandi.O`quvchilarda raqobatlashish tuyg`usini uyg`otish maqsadida guruhlarga bo`lindi.O`quvchilar mavzuni yaxshi o`zlashtirishi uchun AKT dan foydalanildi.Darsda AKT dan foydalanish o`quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi va eslab qolish darajasini o`stiradi.O`qituvchini esa vaqtdan unumli foydalanishiga yordam beradi. Darsda ta`lim berish bilan birgalikda asosiy e`tibor tarbiyaga qaratilmog`i kerak.
”O’z haq –huquqini taniydigan,o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan,yon-atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan,ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat vaxalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan,har jihatdan barkamol insonlarni,tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”
(I.A.Karimov)
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling