Annotatsiya O’zbek tilshunosligida boshqa so`z turkumlari singari sifat so’z turkumi ham katta ahamiyat kasb qiladi. Sifat o`zbek tilida grammatik xususiyatlariga ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida ajratilgan


Download 22.79 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi22.79 Kb.
#1117725
  1   2
Bog'liq
Sharipov M Jumaniyozova Z


O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumiga tegishli so’zlarni aniqlash algoritmi uchun ma’lumotlar bazasini yaratish
Maqsud Siddiqovich Sharipov t.f.n Urganch Davlat Universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi.
Zebiniso Jumaniyozova Xushnud qizi Urganch Davlat Universiteti magistranti.

Annotatsiya
O’zbek tilshunosligida boshqa so`z turkumlari singari sifat so’z turkumi ham katta ahamiyat kasb qiladi. Sifat o`zbek tilida grammatik xususiyatlariga ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida ajratilgan. Ushbu maqolada o’zbek tilidagi sifat so’z turkumiga tegishli so’zlarni aniqlash ko’rib chiqiladi.
Tayanch so’zlar: ma’lumotlar bazasi, sifat, algoritm, tabiiy tilni qayta ishlash.
Abstract
In Uzbek linguistics, the adjective word category, like other word categories, is of great importance. The adjective is allocated in the Uzbek language as an independent word category due to its grammatical features. This article will consider the definition of words belonging to the adjective word category in the Uzbek language.
Key words: database, quality, algorithm, natural language processing.
Абстракт
В узбекской лингвистике, как и другие категории слов, большое значение приобретает категория прилагательного. Прилагательное выделяется в узбекском языке как самостоятельная категория слова по грамматическим признакам. В данной статье рассматривается определение слов, относящихся к категории прилагательных в узбекском языке.
Ключевые слова: база данных, качество, алгоритм, обработка естественного языка.
O`zbek tili morfologiyasida, boshqa so`z turkumlari qatori sifat ham katta o`rinni egallaydi. Hozirgi kunda internet texologiyalar imkoniyatlari tufayli matndan sifat so’z turkumiga tegishli so’zlarni aniqlash zarurati tug’iladi. Biz ma’lumotlar bazasi uchun kerakli bo‘lgan belgilashlarni aniqlab olishimiz mumkin. Sifatlarning ma‘lumotlar bazasini yaratish uchun belgilashlar kiritdik: rang-tus bildiruvchi sifatlar (rt), maza-ta’m bildiruvchi sifatlar (mt), shakl-hajm bildiruvchi sifatlar (shh), xususiyat-holat bildiruvchi sifatlar (xh), hid bildiruvchi sifatlar (hb) va makon-zamon bildiruvchi sifatlar (mz) kabi belgilash kiritdik.
Sifat tuzilishiga ko’ra: sodda tub sifatlar (st), sodda yasama sifatlar (sy), qo’shma sifatlar (qs), juft sifatlar (js), takroriy sifatlar (ts). Sifatlarning muhim yana bir morfologik xususiyati uning belgni qiyoslab, darajalab ko`rsatishidir. Sifatlarning quyidagi 4 ta darajalari bor: oddiy daraja (od), orttirma daraja (or), qiyosiy daraja (qd), ozaytirma daraja (oz). Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarning yuqoridagi kiritilgan belgilashlar asosida quyidagi ko‘rinishda ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu jadvalda 1412 sifat so’z turkumiga oid ma’lumotlar bazasi mavjud.



Sifat so’z turkumiga oid so‘zlar

MTD

1

achchiq

mt, sy,od

2

achimsiq

hb, sy,od

3

avvalgi

mz,sy,od

4

arzon-garov

xh,js,od

5

arzon

xh,st,od

6

achchiqroq

mt, sy,qd

7

aqlsiz

xh,sy,od

8

shirin-shakar

mt,js,od


Download 22.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling