Annotatsiya: Ushbu kurs ishi Rossiya tarixi,madaniyati va hayoti, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi. Denov-2023 mundarij a kirish


II.bob.Rossiya tarixiy madaniyati va O’rta Osiyo bilan aloqalar


Download 141.35 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi141.35 Kb.
#1535853
1   2   3   4   5
Bog'liq
jo\'rabek

II.bob.Rossiya tarixiy madaniyati va O’rta Osiyo bilan aloqalar
2.1.Madaniyat va san’at
Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod XI-XVII asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar,XVII asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.
Qadimgi rus adabiyotining (X asr oxiri – XVII asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki urushnomasi" XII asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir.XIV-XV asrlarda koʻpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona", Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida qissa" va boshqalar).XV-XVI asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. XVII asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi.XVIII asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi.XIX asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon boʻddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi.XIX asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqa ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni aks ettirdi.XIX asr oxiri- XX asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga koʻtardi.XX asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-yillarning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning oʻzi rizqroʻz emas" romani, V.V. Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F. Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar oʻrtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, "qayta qurish" davrida Rossiyada ham dunyo yuzini koʻrdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar (Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi.
Me’morligi va tasviriy san’at.Qadimgi rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030–40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045–50) undan soddaroq qilib qurildi7. 1036-yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. XII-XIII asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi.XIX asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi.XV asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi.XVI asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli – chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi.XIV asr oxiri –XV asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi.XV asr oxiri va XVI asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi.XVII asr tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shimoliy Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.
XVIII asr- XIX asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757-yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. Matvey Kazakov, Andrey Nikiforovich Voronixin, Andreyan Zaharov, Karl Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi.XVIII asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi.XIX asr oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. XIX asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi.XX asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: Ilya Repin, Ivan Kramskoy, Nikolay Yaroshenko, Sergey V. Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar8.
1917-yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. Kazimir Malevich, Yevgeniy Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. Aleksandr Benua, Konstantin Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi,boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda Ikkinchi jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temirbeton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga oʻtiddi.
Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, Fyodor Reshetnikov, Arkadiy Plastov, portret janrida Martiros Saryan, Viktor Oreshnikov, karikaturada Boris Prorokov, Kukrinkslar, Vitaliy Goryayev, estampda Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi -yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.
Musiqasi. Qadimgi rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari – gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin boʻlgan. X asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi oʻzlashtirildi.XVII-XVIII asrlarda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I. Xandoshkin, D. Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.
19-asrning 2-choragida Mixail Ivanovich Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga koʻtardi. Uning anʼanalarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859-yil A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi (M.Balakirev, Aleksandr Borodin, Modest Musorgskiy, Nikolay Rimskiy-Korsakov va boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi.Pyotr Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari XIX asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich boʻldi. Sergey Raxmaninov, Aleksandr Skryabin ijodi XX asr boshlariga toʻgʻri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. Sergey Prokofyev, Dmitriy Shostakovich, Nikolay Myaskovskiy, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov va boshqalar turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi.XX asr boshlarida ijrochixonandalar Fyodor Shalyapin, Leonid Sobinov, Antonina Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, Konstantin Igumnov, Genrikh Neygauz, skripkachi Leopold Auer, XX asrning 2-yarmida dirijyorlar – Ariy Pazovskiy, Nikolai Golovanov, Yevgeniy Mravinskiy, Yevgeniy Svetlanov, Gennadiy Rojdestvenskiy, Samuil Samosud, pianinochilar – Emil Gilels, S. Rixter, skripkachi – David Oystrax, Leonid Kogan, Viktor Viktorovich Tretyakov, Vladimir Teodorovich Spivakov, violonchelchilar – Daniil Borisovich Shafran, Y. Rostropovich, Natalya Gutman, xonandalar – N.A. Stepanova, Yelena Vasiliyevna Obrazsova, Ivan Semyonovich Kozlovskiy, Sergey Yakovlevich Lemeshev, Vladimir Andreyevich Atlantov va boshqa mashhur boʻldilar. XX asrning oxirgi oʻn -yilliklarida Rossiya Shchedrin, Andrey Pavlovich Petrov, Boris Tishchenko, Edison Vasilievich Denisov, Sofiya Asgatovna Gubaydulina, Alfred Garriyevich Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. Georgiy Sviridov rus mumtoz musiqasi anʼanalarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qoʻshigi deb atalgan yoʻnalish (Bulat Shalvovich Okudzhava, Aleksandr Arkadievich, Vladimir Visotskiy, Yuriy Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qoʻshiqchilar orasida Iosif Davidovich Kobzon, Lyudmila Zikina, Aleksandr Borisovich Gradskiy, Alla Pugachyova, Filipp Bedrosovich Kirkorov, Yuri Mixailovich Antonov, Lev Leshchenko, Viktor Tsoy, Larisa Dolina, Valery Leontyev va boshqa bor. Ikkinchi jahon urushi -yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan Dmitriy Shostakovichning "Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942-yil 22-iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat koʻrsatgan Moskva oʻzbek opera studiyasi oʻzbek milliy opera sanʼati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qoʻshgan.
Turli davrlarda Leonid Vitalyevich Sobinov, Antonina Nejdanova kabi opera solistlari, Lev Nikolayevich Oborin, Grigory Romanovich Ginzburg, Mstislav Rostropovich, Garri Grodberg, Daniil Shafran, Yuriy Abramovich Bashmet, Leonid Kogan singari sozandalar, Dmitriy Shostakovich, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov kabi kompozitorlar, Zara Doluxanova, Irina Konstantinovna Arxipova, Tamara Andreyevna Milashkina, Iosif Davidovich Kobzon, Alla Borisovna Pugachyova singari xonandalar, Vladimir Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Yevgeniy Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va boshqa Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan.
2.2.Rus podsholigining O`rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich-1847–1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi.Ikkinchi bosqich – 1865–1868-yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.Uchinchi bosqich – 1873–1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yer larini bosib olishdan iborat bo‘ldi.To‘rtinchi bosqich – 1880–1885-yillarda turkmanlarning bo‘y sundirilishi edi. Shunday qilib, 1864–1885-yillarda – 20 -yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urush lari olib borildi. O‘rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.
Rossiya imperatori Aleksandr II (1855–1881)ning 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi. Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi. Podsho qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasi dagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlanadi. 8 3 mingdan ortiq kishidan iborat harbiy qo‘shinga 400 kishidan iborat qal’a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatdi. Dushman tomonga nisbatan soni juda oz bo‘lgan, qurshovda qolgan qal’a himoyachilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi oqibatida podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan qal’a egallanadi. Keyinchalik bu qal’a harbiy harakatlar uchun tayanch punktga aylandi va unga Perovskiy fortideb nom berildi.N. Veryovkin va M. Chernyayevlarning 1864-yilda uch mingdan ko‘p roq qo‘shini ikki yo‘nalishda: biri Perovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahri tomondan Toshkentni bosib olish uchu n yo‘lga chiqdi. 4-iyunda M. Chernyayev boshchiligidagi qo‘shin Talas daryosining chap sohilidagi Avliyoota (hozirgi Taroz shahri)ni bosib oldi. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilishga Qo‘qon xoni tomonidan amirlashkar Aliquli (Alimqul) yuborildi. N. Veryovkin, agar Turkiston himoyachilari tas lim bo‘lmasa, shaharni yalpi o‘qqa tutib, barchani qirib tashlashini, Amir Temur tomonidan Ahmad Yassaviy sharafiga qurilgan maqbarani ham yakson qilishini ultimatum tarzida qo‘ydi. Natijada Aliquli o‘z qo‘shinini Turkistondan olib chiqib, Chimkent mudo faasi uchun che kindi. Uch kunlik jangdan so‘ng, 12-iyul kuni N. Veryovkin otryadi Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi va 20 kilometrlik qal’a de vori bilan o‘ralgan Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.Bu harbiy harakatlarga M. Chernyayev qo‘mondon etib tayinlandi. 1864-yil kuzida Chimkent shahri egallanib, Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qo‘lga kiritil gan qal’alar birlashtirildi. Bu vaqtga kelib Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istehkom chizig‘i, Semipalatinskdan Verniy shahrigacha Sibir isteh kom chizig‘i vujudga keldi. 1864-yil 1-oktabrida M. Chernyayev o‘zini podsho ga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Lekin uning bu rejasi amal ga osh madi. M. Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlaridan ajralib, Chimkentga chekinishga majbur bo‘ldi. Uning Toshkentni egallash uchun olib borgan birinchi harakati natija bermagach, yangi hujumga tay yorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi va 1865- hukumatining harbiy qo‘shinlari Toshkent yaqi niga joylashtirildi. M.Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Toshkent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal’a siga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o‘tadi. Uning buyrug‘i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi. Uning buyrug‘i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi. Tosh kent mudofaasida sha har hi moyachilari va Qo‘qon xon ligi qo‘shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qar shilik ko‘r satdi. Ayovsiz jang larda Ali qulining ya ra lanib vafot eti shi shahar himoyachilarini sarosima ga solib qo‘ydi. M.Chernyayev qo‘shin lari Kamolon darvozasi yonidan devorni buzib shaharga kirdi. Shahar qurol kuchi bilan egallab olingach, M. Chernyayev 17-iyunda Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo‘ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Tur kiston viloyati tuzilib, unga harbiy qo‘shin qo‘mondoni, generalmayor M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda qabul qi lingan «Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ga muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o‘rnatildi.
Podsho hukumati O‘rta Osiyodan M. Chernyayevni Sankt-Peterburgga chaqirib oldi va uning o‘rniga Turkiston viloyatining gubernatori qilib F. Romanovskiyni tayinladi. F. Romanovskiy 1866-yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so‘radi. Hukumat tomonidan bu taklif qabul qilingach, u Sirdaryoning o‘rta oqimidagi hududlarni egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar qishlog‘i yaqinida bo‘lib, kuchlar harbiy jihatdan teng bo ‘lmaganligi uchun amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. F. Romanovskiy O‘ratepa va Jizzax uchun jangler Buxoro harbiy qo‘shinlari Bu xoro qo‘shinini ta’qib qilishni to‘xtatib, avval Qo‘qon xonligi bilan Buxo ro amirligi o‘rtasida joylashgan – Toshkent, Qo‘qon, Balx va Buxoro bilan bog‘lovchi Xo‘jandga qarab harakat boshladi.Turkiston viloyati harbiy gubernatori qo‘shinlari tomonidan Xo‘jand qal’asi may oyida qamal qilinib, 20 ta to‘pdan o‘qqa tutildi. Lekin harbiy texnika va son jihatdan ustun bo‘lgan mustamlakachilar qo‘shinlari 24-mayda tunga borib himoya chilarning mudofaasini yorib o‘tdilar. Turkiston viloyati gubernatori F.Romanovskiyga Orenburg general-gubernatori N. Krijanovskiy tomonidan harbiy harakatlarni Qo‘qon xonligiga qarshi qaratish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi harbiy harakatlari rejasiga ko‘ra Qo‘qon xonligining taqdiri 1866-yil dayoq hal qilinib, Xo‘jandda Qo‘qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi. Qo‘qonga qarshi yurishga boshchilik qilish uchun N. Krijanovskiy ning o‘zi keldi. U Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi bo‘yicha uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to‘lashni talab qildi. Belgilangan muddat o‘tgach, N. Krijanovskiy Buxoro amiri talablarni bajarmaganligini bahona qilib, o‘z qo‘shinlariga amirlikka qarshi hujum boshlashga buyruq berdi.1866-yilning kuzida 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 to‘p, 600 arava va 800 ta kerakli tuyadan iborat harbiy qo‘shin O‘ratepaga qarab harakat boshladi. Bu harakatga Qo‘qonga qarshi tayyorlab qo‘-yilgan kuchlar ham jalb qilindi. F.Romanovskiyning harbiy qo‘shinlari O‘ratepaga yetib borgach, shahar uch kun to‘plardan o‘qqa tutildi. Rossiya imperiyasining harbiy qo‘shinlari O‘ratepani egallagandan so‘ng, 12-oktabrda navbatdagi harakat Jizzaxga qarshi boshlandi. To‘xtovsiz otishmalar natijasida shahar devorlari vayron qilinib, ikki kecha-kunduz davom etgan jangdan so‘ng 1866-yil 18-oktabrda Jizzax shahri ham podsho hukumati qo‘liga o‘tdi. Uni bosib olish uchun bo‘lgan jangda har ikkala tomondan 6 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘ldi. 1864–1866-yillar davomida bosib olin gan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.
1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi. Biroq K. P. Kaufmanning amir Muzaffar qo‘shinini Samarqandga to‘plagan, deb qilgan taxmini o‘z tasdig‘ini topmadi.Bu vaqtda Buxoro qo‘shinlari Cho‘ponota tepaligida o‘rnashib olgan edi. 1868-yil 1-mayda fon Kaufman tepalikka hujum boshladi. Buxoro amiri qo‘shini yana mag‘lubiyatga uchradi va podsho qo‘shinlari Samarqandga jangsiz kirib bordi. K. P. Kaufman Samarqand bekligini Rossiyaga berish, «harbiy xarajatlarni»9 to‘lash va 1865-yildan buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirofetish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, Amir Muzaffarga maktub yo‘lladi, ammo amirdan javob bo‘lmadi.Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Kitob hokimi Jo‘rabek va Shahrisabz hokimi Bobobek boshchiligida Samarqandda kurash olib borildi. Bu ikki xalq harakati rahbarlari o‘z qo‘shinlari bilan 1868-yil 2-iyunda samarqandlik qo‘zg‘olonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo‘shinlari garnizoni joylashgan qal’aga hujum qilishdi. Qamalda qolgan qo‘shin yordam so‘rab general-gubernator fon Kaufmanga chopar yuboradi. 6-iyunda yordamchi kuchlar yuborildi. Qal’ani egallash uchun 4-iyundan 7-iyungacha shiddatli janglar davom etdi. Unda ikki tomon ham ko‘plab talafot ko‘rdi. 8-iyunda qamalda qolganlarga harbiy kuchlar yetib keldi, shundan so‘ng xalq himoyachilari Samarqanddan chiqib tog‘ tomonga chekinishga majbur bo‘ladi. Fon Kaufman 1868-yil 23-iyunda Samarqandda amir Muzaffar bilan Bu xoro amirligini Rossiya impe riyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Unda amir urush boshlanishida aybdor ekanligi,abadiy do‘stlik belgisi sifatida Rossiya qo‘shinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl to‘lanishi e’tirof etildi. Shartnomaga ko‘ra bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan barcha hudud Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax,Samarqand, Kat taqo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tdi. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi 1873-yilda amirlikka o‘z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzoladi. Bu vakilning roziligisiz amirlik biror-bir ichki hamda tashqi siyosiy masalani hal qila olmaydigan bo‘ldi.Shartnomaning 14-moddasida: «Rossiya hukumatidan ijozat bo‘lmagan, kim bo‘-lishidan qat’i nazar, har xil kimsa larni Buxoro hukumati qabul qilmaydi», – deb ko‘rsatilgan.
Xiva xonligiga qarshi olib boriladigan harbiy yurishga besh -yil tayyorgar lik ko‘rdi. Yurish uchun bunday uzoq tayyorgarlik ko‘rishning asosiy sababi A. Bekovich-Cherkasskiy boshchiligi dagi qo‘shinning mag‘ lubiyatga uchraganligi (1717) bo‘lsa, boshqa yana bir sabab 1839-yilda V. Pe rovskiy boshchiligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligigacha yetib borolmay orqaga qaytib ketganligi bo‘ldi. Xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo‘lga kiritish edi. Amudaryoni egallash birinchi navbatda suv manbasi, suv orqali savdo aloqalari, daryoning quyi oqimidagi tekisliklarda gi serhosil yerlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lish hisoblangan.Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo istilo qilinishining uchinchi bosqichi (1873–1879-yillar) davomida Xiva xonligining istilo etilishi ham amalga oshirildi. Hujum g‘arbda Mang‘ishloq, shimolda Orenburg, sharqda Turkiston va janubda Krasnovodsk kabi to‘rt harbiy okrugdan olib borildi. Bunda 12 mingdan ortiq askar, 4600 ot va 20 ming tuyadan iborat harbiy qo‘shin ishtirok etgan. Bu qo‘shinga K. P. Kaufman boshchilik qildi. Mazkur ko‘p sonli harbiy qo‘shin 1873-yil fevralda o‘zlari o‘rnashgan joylari – Toshkent, Orenburg, Mang‘ishloq va Krasno vodskdan deyarli bir vaqtda yo‘lga chiqdi. Xiva xonligiga olib boruvchi yo‘llarning yomonligi, dastlab 25 daraja sovuqda, keyin 40 darajadan yuqori haroratda yo‘l yurish juda qiyin kechdi. Bundan tashqari cho‘llarda 60 darajagacha jazirama bo‘lishi, suvsiz dashtlardagi yo‘llar tufayli harbiy qo‘shin manzilga yetmasdanoq saflari siyraklashib bordi. Uning katta qismi yo‘lda kasalga chalindi, bir qismi halok bo‘ldi va bir qismi orqaga qaytib ketdi. Xivaga 7,5 ming kishigina yetib bordi. Krasnovodsk va Mang‘ishloqdan Xiva tomon yurgan qo‘-shinlar jazirama issiq va suv yetishmasligidan aziyat chekkanligi, holdan toyganligi sababli yo‘lning yarmidan ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Faqatgina Toshkent, Orenburg yo‘nalishidan yo‘lga chiqqan qo‘shinlar 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yetib keldi1873-yil may oyining o‘rtalariga kelib mustamlakachi hukumatning asosiy qo‘shinlari Xivaga yetib keldi. Xivaga yetib kelgan K. P. Kaufman boshchiligidagi qo‘shin yana shaharga hujum qildi. Ammo bu safar ham podsho hukumati qo‘shinlari shaharni egallay olmadi. 29-may kuni shaharning Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi xonlik poytaxtining egallanishiga olib keldi. Shundan so‘ng K. P. Kaufman muzokara olib borish yo‘lini tanladi. K. P. Kaufman Xivani bosib olgandan so‘ng xon xazinasini kontributsiya(tovon) evaziga musodara qilib, xazina bilan birga qadimiy qo‘lyozmalar, xonning taxti va toji, tanga zarb qiladigan tamg‘a va zarb tasviri, qo‘ng‘irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari va boshqa qo‘lga kiritilgan moddiy boyliklarni Sankt Peterburgga jo‘natdi. K. P. Kaufman Xivani egallagandan so‘ng Xiva xonligi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Gandimiyon qishlog‘idagi qarorgohiga bordi. U taklif etgan sulh shartnomasini Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 1873-yil 12-avgustda imzolashga majbur bo‘ldi. Ushbu shartnoma Xiva xoni Rossiya imperiyasi tobeligiga o‘tganligini ko‘rsatardi. Shartnomaning birinchi moddasida: «Sayid Rahim Bahodirxon o‘zini Butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo‘shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do‘stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning O‘rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi»,. Gandimiyon shartnomasida: «Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi ruslar uchun zarur va qulay bo‘lgan yerga ular o‘zlarining pristanlariniqurish huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Ular uchun joyning tanlanishi, O‘rta Osiyodagi rus oliy hokimiya tining tasdiqlashiga bog‘liq», – deb ko‘rsatib qo‘-yildi. Shartnomaga binoan Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdoridagi to vonni 20 -yil davomida to‘lashi belgilandi. Xonlik xazinasida yetarli darajada pul bo‘lmaganligi uchun bu tovon aholidan yig‘ib olinadigan bo‘ldi.
Rossiya imperiyasi XIX asrning 50–60-yillarida harbiy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududining bir qismini bosib oldi. K. P. Kaufman xonlikda o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida 1868-yilda xon bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra xonlikda Rossiya savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko‘rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar ko‘paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi9. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri 1875-yil bahorida avj olib, unga Mulla Is’hoq Mullo Hasan o‘g‘li «Po‘latxon» nomi bilan rahbarlik qildi. Qo‘qon hukmdori Xudoyorxon qo‘zg‘olonni bostirish uchun Abdurahmon Oftobachi, Iso Avliyolar boshchiligida qo‘shin yubordi. Lekin ular 17-iyulda qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdi. Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddinbek ham qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgandan so‘ng, 20-iyulda Xudoyorxon K. P. Kaufmandan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Uning ukasi va ikkinchi o‘g‘li ham qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketgach, xon generalgubernatordan panoh izlab Toshkentga ketdi. K. P. Kaufman uni Orenburgga jo‘natdi. Xudoyorxon Orenburgdan Hindiston orqali Makkaga boradi va u yerdan qaytib kelayotganda kasalga chalinib, 1882-yilda Afg‘onistonda va etetdi.Xudoyorxondan so‘ng taxtga Nasriddinbek o‘tirdi. Taxtni egallashga harakat qilgan Po‘latxon Nasriddinbek va Abdurahmon Oftobachiga qarshi bo‘lib qoldi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskinlashib, qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Mustamlakachi hukumat qo‘z- g‘olonchilarga qarshi katta harbiy kuchlarini yuborgan. Janglar keskin davom etayotgan vaqtda Nasriddinbek mag‘lubiyatdan qo‘rqib, 1875-yil 22-sentabrda taslim bo‘ldi va fon Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Unda o‘zini imperatorning sodiq quli» deb tan olishi, tashqi siyosatda hech qanday bi timlar tuzadiolmasligi, ikki million rubl tovon to‘lashi, Sirdaryo ning o‘ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi belgilangan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan bo‘limiga general M. Skobelev boshliq etib tayinlanadi. General M. Skobelev boshchiligidagi qo`shin Andijonga hujum 1875-yil oktabr oyi boshida boshlandi. Shahar 1876-yil yanvarda uyushtirilgan ikkinchi hujum natijasida qiyinchilik bilan egallandi. Rossiya imperiyasining general M. Skobelev boshchiligidagi qo‘shinlari 1875-yil 18-oktabrda Namanganga joylashib, K. P. Kaufman qo‘mondonligi ostidagi harbiy kuchlarga qo‘shildi. Mustamlakachi qo‘shinlarga qarshilik harakatlari Namanganda bir oy davom etdi. Ikki tomon o‘rtasida janglar 1876-yil yanvar oyi oxirigacha davom etdi. 1876-yil 19-fevralda podsho hukumatining Qo‘qon xonligining tugatilganligi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Shu tariqa Qo‘qon xonligi hududi o‘rnida Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati tashkil qilindi. Viloyatga Qo‘qon xonligini bosib olishdagi harbiy yurishlarga rahbarlik qilgan general M. Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi.
O‘rta Osiyoni bosib olishning to‘rtinchi bosqichi Amudaryo va Kapettog‘ oralig‘idagi Qoraqum sarhadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi. 1879-yil iyulda Angliya Afg‘oniston hududining bir qismini bosib olgandan so‘ng inglizlar uchun O‘rta Osiyoga yo‘l ochildi. Shuning uchun 1879-yil iyulda Krasnovodskdan I. Lazerev bosh chiligidagi harbiy qo‘shin turkmanlar yashaydigan hududlarga jo‘natildi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki harakatlarda podsho hukumati qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘qon xonligiga qar shi harbiy yurishlarda tajribasi katta bo‘lgan general M. Skobelev boshchiligidagi qo‘shin 1880-yil may oyida ikkinchi yurishni boshladi. 1881-yilda uch oy davom etgan janglardan so‘ng qamalga olingan turkmanlar qal’asi – Go‘ktepa qo‘lga olindi10. Buning natijasida istilo qilingan yerlarda Kaspiyorti viloyati tashkil qilin di. Turkmanlarning batamom bo‘ysundirilishi esa 1885-yildagina amalga oshirildi.Turkmanlarning asosiy qal’asi Go‘ktepa bo‘ysundirilgach, 1881-yilda Rossiya va Eron o‘rtasidagi chegaralar belgilandi. Shu -yili Sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan bos tirilishi bilan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi chegaralar ham belgilandi.Shu harakatlar bilan Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo hududidagi istilochilik yurishlarining to‘rtinchi bosqichi (1880–1885) tugadi.Shunday qilib, istilo qilingan hududlarda besh viloyat, ya’ni Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlari tashkil qilinib, ular Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.10
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga, Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligining mag‘lubiyatga uchrashiga quyi dagilar sabab bo‘ldi: Birinchidan, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari Rossiya imperiyasiga nisbatan harbiy va iqtisodiy rivojlanish sohasida ancha orqada edi. Ayniqsa, ularning harbiy sohadagi ahvoli o‘sha davrda jahon miqyosidagi taraqqiyot darajasidan past bo‘lgan. Xonliklarning tashqi siyosatda odilona siyosat olib bormaganliklari oqibatida ular ning o‘zlari tashqi dunyodan ajralib qolgan edi. Ikkinchidan, uchta davlat o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlar, hamkorlik va birdamlik yo‘q edi. Ulardagi siyosiy tizim, davlat boshqaruvi zamonaviy boshqaruvdan uzoq bo‘lib, o‘rta asrlarga xos yakkahokimiyatchilikka, zo‘ravonlikka asos langan edi. Buning oqibatida ichki ziddiyatlar ko‘payib, nizolar kuchaydi. O‘zaro urushlar, taxt uchun kurashlar avj oldi. Uchinchidan, urush harakatlari vaqtida xonlar biri ikkinchisiga yordam ko‘rsatmadi va o‘z tinchligini o‘ylab befarq qarab turdi. Bu esa har bir xonlikning alohida tor-mor etilishini yengillashtirdi. Shularning barchasi Rossiya imperiyasi hukumatiga qo‘l keldi va vaziyatdan foydalanib mamlakatni mustamlakaga aylantirdi.
1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi va Turkiston harbiy okrugi tuzildi. 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okrugidagi harbiylar soni 40 ming kishidan iborat bo‘lgan. Toshkent shahri general-gubernatorlikning markazi qilib belgilandi. U qulay geografik makonda joylashgan bo‘lib, harbiy, siyosiy, strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi.Turkiston general-gubernatori o‘lkada joylashgan harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni, Yettisuv kazaklari qismi qo‘mondoni va shu bilan birga bosh sudya ham hisoblangan. Turkiston general-gubernatorligiga 1867-yil Rossiy a imperatori farmoniga ko‘ra general adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867–1881) tayinlandi. U bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham edi.
XULOSA
Rossiya imperiyasi (boshqa nomi Podsho Rossiyasi) — Rossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721-yilda Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. Rossiya imperiyasi tarkibiga Boltiqboʻyi, Oʻng qirgʻoq Ukraina, Belarus, Polshaning bir qismi, BessarabiyaShimoliy Kavkaz (XIX asrdan), shuningdek, FinlandiyaKavkazorti, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Pomir kirgan. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududi 22,4 million km² ga yetgan. 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 million kishi, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismida 93,4 million, Polsha podshohligida 9,5 million, Finlandiya Buyuk knyazligida 2,6 million, Kavkaz oʻlkasida 9,3 million, Sibirda 5,8 million, Oʻrta Osiyoda 7,7 million kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57 % ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. Rossiya imperiyasi hududi 1914-yil 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar mavjud boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi general-gubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva,Amurboʻyi,Dasht,Turkiston va Finlandiya) birlashtirilgan.Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining rasmiy vassallari boʻlgan.1914-yil Uryanxay oʻlkasi Rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi) ga oʻtgan.Rossiya imperiyasi merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega podsho boshqargan.Uning oila aʼzolari va qarindoshlari podsho xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni podsho Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi P. R. fuqarolari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) podshoga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan.Rossiya imperiyasi fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va boshqa mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — „gʻayrirus“ aholiga ajratilgan. Rossiya imperiyasining gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — „Boje, sarya xrani“ („Podshoni oʻzing asra, xudoyim“). Umumdavlat tili — rus tili. 1917-yildagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917-yil 14-sentabrda Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. Shundan boshlab Rossiya Federatsiyasi davlati vujudga keladi va asta sekin markaziy Osiyo davlatlarini birin ketin Sovet ittifoqi tasarrufiga oʻtkazish va qarab mamlakatga aylantirish boshlanadi.

Download 141.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling