Annotatsiya: Ushbu kurs ishi Rossiya tarixi,madaniyati va hayoti, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi. Denov-2023 mundarij a kirish


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 141.35 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi141.35 Kb.
#1535853
1   2   3   4   5
Bog'liq
jo\'rabek

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Axmadjonov G’. Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda.; Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. Т.; Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. - Т.: Universitet,.; Rasulov.A, Isoqboyev.A - Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi.; Tolibov R. Muxim tarixiy manbalar.// Moziydan sado.; Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. Т.,; Brian Catchpole, A Map History of Russia (1974) s. 25.; Ascher, Abraham. Russia: A Short History (2011); Ziegler; Charles E. The History of Russia (Greenwood Press, 1999); va boshqa monografiyalardan foydalanildi. Bu manbalarda Rossiya tarixi,madaniyati va hayoti, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlar yozilganligini bilishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishimni ko’zlangan maqsad Rossiya tarixi,madaniyati va hayoti, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlarni o’rganish va bu ma’lumotlarni talabalarga yetkazish.
Kurs ishining vazifasi quydagilardan iborat:

  • Kiyev Rusi davlatining tashkil topishi;

  • Sanoati va xo’jaligi;

  • Madaniyat va san’at ;

  • Rus podsholigining O`rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati haqida ma’lumotlarga ega bo’lish

Kurs ishining tuzilishi.Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Asosiy qismda 2 ta bob va 4 ta reja orqali mavzu yoritib berilgan
ASOSIY QISM

I.bob. O’rta asrlarda Rossiya


1.1. Kiyev Rusi davlatining tashkil topishi va Rus podsholigi
IX asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 -yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132-yil) dan soʻng Qadimgi Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, Vladimir Suzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi.XIII asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar.1223-yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236-yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237-yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240-yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha -yili Neva urushida shvedlarni, 1242-yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 -yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.
XIV asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib,u moʻgʻullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi.1380-yilgi Kulikovo urushida Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati XV asr oxiri – XVI asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi.1478-yil Novgorod,1485-yil Tver, 1510-yil Pskov, 1514-yil Smolensk, 1521-yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480-yil moʻgʻullar zulmi barham topdi.
Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533–84; 1547-yildan qirol) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. XVII asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi.XV asr oxiri –XVI asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi.
Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558–83) natijasida mamlakat XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 -yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604-yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612-yil K. Z. Minin va Dmitriy Mixailovich Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613-yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.
XVII asrdan Rossiya oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. XVII asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tugʻildi1. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli ( XVII asr oxiri – XVIII asr 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shimoliy urush -yillari (1700–21) da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga kiritildi. Rossiyaning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721-yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, Fanlar Akademiyasi taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700). XVIII asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762–96) da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764-yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi.
Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70–90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belarus batamom Rossiyaga qoʻshib olindi.
XIX asr boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801–25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801-yil Sharqiy Gurjiston, 1809-yil Finlandiya, 1812-yil Gʻarbiy Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806–07 -yillarda Rossiya Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812-yil Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, oʻsha -yil 26-avgust (7-sentabr)dagi Borodino urushida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814–15 -yillardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi Rossiya imperiyasiga oʻtdi.
Maʼrifatchilik gʻoyalarining yo-yilishi, XVIII asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813–14 va 1815-yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816–23 -yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shimoliy va Janubiy jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825-yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shimoliy Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853– 56 -yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay I hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861-yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, XVII asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860–70-yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.
XIX asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70–80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881-yilda "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi2.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903-yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 -yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905– 07 -yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17-oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 -yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917-yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917-yil 1-sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917-yil 25-oktabrda Oktabr inqilobi sodir boʻldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918-yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu -yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 -yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921-yil "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922-yil 30-dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belarus va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20–40-yillardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga, 60–70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda salbiy tamo-yillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985-yil "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990-yil 12-iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 25-dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991-yil martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991-yil iyunda Boris Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991-yil avgust boʻhronidan keyin oʻsha -yil dekabrda RSFSR, Belarus va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab,SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992-yil yanvarda maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maqsadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993-yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha -yil dekabrda Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996-yil B. Yelsin II navbatga prezident etib saylandi. 2000-yilda prezident lavozimiga saylangan V.Putin yoʻl qoʻ-yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi3. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya – SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 12-iyun – Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7-noyabr – Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12-dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003-yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992-yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001-yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi,2001-yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993-yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari – tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

1.2.Sanoati va xo’jaligi



Download 141.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling