Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf Tabiatshunoslik darslarida pisa
Download 17.18 Kb.
|
@EshonKulovaR (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Atrofimizdagi olam’’
- Foydalanilgan adabiyotlar
Boshlang’ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o’qitishdagi kreativ tendensiyalar Deov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi Talabasi Eshonkulova Rayhona @EshonkulovaR. Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf Tabiatshunoslik darslarida PISA topshiriqlari metodikasining faoliyati, fanning obyektlari va qurollari haqida bayon qilingan. Kalit so’zlar: Kontekst tushunchasi, grafik ,jadval , mahalliy-ilmiy, global,PISA topshiriqlari, metodologik bilim, epistemik bilim. Tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g’oyalarini bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog’liq muammolarni hal qila olish tushuniladi.Tabiiy fanlar bo’yicha savodxon bo’lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi. Ularda quyidagi kompetantsiyalar shakllangan bo’ladi: Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish; Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash; Ma’lumot va dalillarni ilmiy talqin qilish; Shu o’rinda alohida qayd etish kerakki, ilmiy deganda dalillarga, mantiqqa asoslanish tushuniladi. PISA topshiriqlari o’quvchilarning tabiiy fanlar bo’yicha savodxonligini baholash vositasidir.Topshiriqlarning o’ziga xoz xususiyati shundaki, ularda real, hayotiy muammoli vaziyatlar aks etadi.Bunga kontekst deyiladi. Kontekst- matn, grafik,jadval,rasmlarni o’z ichiga oladi.Kontekstlar turli mavzularda bo’ladi:tabiiy resurslar,atrof-muhit,xavf-xatar,ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yangi bilimlar. Shuningdek, kontekstlar uchta darajada bo’ladi: 1)shaxsiy 2)mahalliy-ilmiy 3)global O’quvchilar PISA topshiriqlari kontekstida aks etgan muammoli vaziyatlarni hal etishda tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik kompetensiyalarini namoyish etishadi.Tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirishda quyidagi ilmiy bilim turlari ya’ni bilimlar zarur: 1)Fanning mazmuniga oid bilimlar; 2)Metodologik bilimlar; 3)Epistomik bilimlar. Fanning mazmuniga oid bilimlar deganda fandagi asosiy tushunchalar, faktlar ,nazariyalar va qonuniyatlar tushuniladi. Metodologik bilimlar fanning ilmiy tadqiqot metodlarini bilishdir. Epistomik bilimlar ilmiy tadqiqot metodlarining imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini anglashdir. Soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, metodologik bilimlar deganda nimani qanday qilib tadqiq etish epistemic bilimlar esa nima uchun tadqiq etish kerakligi tushuniladi. O’quvchilarning munosabati ya’ni tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishi, tadqiq etilayotgan muammoga ilmiy yondashishi atrof-muhit bilan bog’liq masalalardan xabardorligi ya’ni munosabati va bilimlar natijasini belgilaydi. Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilar ‘’Atrofimizdagi olam’’ darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’rganadilar.Bu mashg’ulotlarda o’quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar kiradi.Tabiiy qurollar-tabiat jismlaridir.Ular o’rganilayotgan mavzular to’g’risida ,bolalarda tabiat haqida tushunchalar hosil bo’lishiga imkon beradi.Chunki sinfda jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari hamda o’z joylarining daraxtlari uchun xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar,meva va urug’lar bo’lishi mumkin. Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan shuningdek, gerbariy va ekskursiyalardan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi.Boshlang’ich sinfdan boshlab o’z o’lkalarini , o’z joylarini o’rganadilar, tabiat ustida kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalar o’tkazadilar.Boshlang’ich maktabda o’qish vaqtida ularda boy, aniq material to’planadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.G.M. Sayfullayev. Tabiatshunoslik darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.O’quv qo’llanma.Buxoro-2020. 2.D.Sharipova. D.P.Xodiyeva. M.K. Shirinov. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi.Toshkent. ‘’Barkamol fayz media ‘’ nashriyoti. 2018- yil. 3.PISA metodikasi Tabiiy fanlar uchun. Download 17.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling