Boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishdagi kreativ tendensiyalar boshlang’ich sinflarda tabiiy fanlarni o'qitishni tashkil etishda pedagogik mahorat mamatmuminov Ulug’bek Kudratovich


Download 111.5 Kb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1066414
  1   2
Bog'liq
Mamatmuminov Ulug\'bek 25.11.2022 maqola


BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDAGI KREATIV TENDENSIYALAR
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O'QITISHNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK MAHORAT
Mamatmuminov Ulug’bek Kudratovich.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
2-bosqich magistri
mamatmuminovulugbek3@gmail.com


Ilm-narsalarni inson aqli yordami bilan o'rganishlikdir 1
Abu Ali ibn Sino


Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni o`rganishdan maqsad, fanlarni o`qitishda pedagogik mahorat va innovatsion metodlardan foydalanish haqida so`z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Tabiiy fan, STEAM, SCIENCE, texnologiya ,innovatsiya, integratsiya, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, o’qitish metodi, kompetensiya, interfaol uslublar.
Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 1-6 sinflarda tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy (SCIENCE) fanlar joriy etildi. Tabiiy (SCIENCE) fanlar ayni vaqtda oʻqitib kelinayotgan 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7- sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi. Tabiiy (SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi.
“Tabiiy fan – bu dalillarga asoslangan tizimli metodologiyaga rioya qilgan holda tabiiy va ijtimoiy dunyoni bilish va tushunishga intilish hamda shu bilimlarini amaliyotga tadbiq etish”.
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham imkon beradi. Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchi ortadi.Tabiiy fanlarni o'qitishda STEАM –ta’lim texnologiyasidan foydalanish tabiiy fanlar , texnologiya , muhandislik , san’at va matematika orasidagi integratsiyani ta’minlashda katta yordam beradi.
Мaktablarda sinf-dars tizimidan loyihaviy faoliyatga tomon o‘tish,fundamental bilimlarni funksional bilimlarga ko‘chirish, ularni amaliyotda faol qo‘llash jarayoni orqali fanlar integratsiyasi, muammolar yechimining yangicha yo‘llarini izlash, lozim topilsa, kashf etishga yo‘naltirish kabi vazifalarni qo‘yadi. Agar an’anaviy
ta’limning asosiy maqsadi bilim berish va bu bilim asosida fikrlash va ijod qilish bo‘lsa, STEAM yondashuvida egallangan bilimlarni haqiqiy ko’nikmalar bilan birlashtiriladi. Bu o‘quvchilarga nafaqat bilimga ega bo‘lish, balki, ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. Aslida ishlatilishi mumkin bo’lgan bilimgina haqiqatan qadrlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoniga ko‘ra, innovatsion ta’lim jarayoniga o‘tish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olish, AKT va ta’lim berishning yangi metodlarini joriy etish, dars jarayonini STEAM ta’lim texnologiyasi talablari asosida tashkil etish, STEAM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, dizayn va matematika) fanlarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslaridan o‘tish belgilgngan.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o’quvchilarni izlanishga, ijodkorlikka, erkin va mustaqil fikrlashga o’rgatadigan metodlar zarur. Shunday metodlardan biri – bu kreativ ta’lim metodidir.
Kreativlik – bu joylashgan kontekstiga mos keladigan yangi mahsulotni yaratish qobiliyatidir. Bu mahsulot g’oya, musiqiy asar, hikoya, hattoki reklama bo’lishi mumkin.
Kreativ ta’lim metodi o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ayniqsa muammoli, loyihalashtirilgan va jadallashtirilgan ta’limlarning qo’llanishi o’quvchilarda yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini o’sishiga olib keladi. Lekin kreativ ta’lim metodi asosida tashkil etilgan darslar jarayonida o’quvchi qabul qiluvchi ob’yektdan ijodkor (kreativ) sub’yektga aylanadi. Predmetni (tomoni, mazmuni) o’zlashtiruvchi o’ziga nisbatan yaratuvchanlik bilan yondashish asosida o’zlashtirib oladi. Har bir faktik materialga ijodiy va tanqidiy qaray olad. Olinayotgan o’quv materiali unga yangicha qarash, qo’shimcha materiallarni olish, o’zlashririshga yo’l ochadi. Ko’pincha bunday hollar o’zlashtirishga evristik yondashuvni shakllantiradi. Bu esa malakali mutaxassislarni kelajakda olgan bilim, ko’nikmasining faqat ijrochisigina bo’lib qolmay, balki o’z kasbiy faoliyatiga ijodkorlik, yaratuvchanlik asosida qarashga olib keladi. Hozirgi kun ta’lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham ijodiy fikrlaydigan malakali mutaxassislarni va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va tayyorlashdan iborat. Agar ta’lim jarayoni o’quvchilar faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo’nalishga ega bo’lib, o’quvchilarning faolligi tufayli u yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi. Ijodkorlik va madaniyatlilik o’quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari boradi. Shuning uchun ham o’quv jarayonidan tashqari vaqtda "Texnik loyihalash" kabi ilmiy izlanish yo’nalishidagi to’garaklar tashkil etilsa, o’quvchilarning loyihalash ijodkorligi oshib boradi va kasbiy mahoratli, ijodkor bo’lib yetishishiga sabab bo’ladi.
O‘quvchilarning tabiat to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan boxabarligi ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, tafakkurini rivojlantirishda tabiat qonunlarini asoslab berishda biologiya, tabiiyot va geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling