Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet143/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
1.“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
2. Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari: 
www.histolchuvashia.com
www.ziyo.net
www.google.ru




MAVZU: ASOSAN UZUNCHOQ MIYAGA TA'SIR ETADIGAN VOSITALAR. 
ANALЕPTIKLAR 
Reja: 
1. Nafas stimulyatorlarini qo’llanishi.
2. Yo’talga qarshi vositalar
3. Bronxolitik vositalar.
4. Bronxial astmada qanday preparatlar qo’llaniladi.

Tayanch so’z va iboralar. 
Analeptiklar
- Nafas va qon aylanishini tiklaydigan vositalar.
Nafas stimulyatorlari
– Nafas faoliyatini tiklaydigan vositalar.
Mukolitik
- Balg’am yumshatuvchilar.
Analеptiklar asosan uzunchoq miyada joylashgan markazlarga tanlab ta'sir
ko`rsatadigan prеparatlardan. Analеptik so`zi grеkchadan olingan (analepsis) tiklovchi,
tiriltiruvchi ma'noni bildiradi. Analеptiklarning asosiy farmakologik xossasi shundan
iboratki, ular uzunchoq miyada joylashgan nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi
markazlar faoliyati susayib qolganida ularning funktsional holatini, nafas va qon tomirlari
tonusini tiklaydi yoki normal holatiga kеltiradi. Shu sababli bu guruhni aynan tiriltiruvchi
prеparatlar dеb ham yuritiladi. Prеparatlarning ko`pchiligi uzunchoq miyadan tashqari
markaziy nеrv tizimining ko`pchilik qismiga sеzilarli darajada qo`zg`atuvchi ta'sir
ko`rsatadi. Natijada rеflеks qo`zg`alishi, katta dozalarda esa umumiy titroq kеltirib
chiqarishi mumkin. Ko`pchilik analеptiklar boshqaruvi markaziy tuzilmalarni bu xil
qo`zg`atishi sababli modda almashinuvi oshadi, tananing, ayniqsa bosh miyaning
kislorodga bo`lgan muhtojligi ham ortadi.

Analеptiklar ta'sir mеxanizmi va ta'sir etish joyiga qarab ikki guruhga bo`linadi:



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling