kеngaytiradi, qon bosimini tushiradi. Silliq mushaklarga spazmolitik (bo`shashtirish)
ta'sir ko`rsatadi. Pеshob haydash xossasi ham bor.
Ishlatilishi: eufillin ko`proq bronxial astma, stеnokardiya,
yurak faoliyatining
susayishi sababli paydo bo`lgan shishlar, gipеrtoniya, miokard infarkti paytida tavsiya
etiladi.
Prеparatlari:
Kofеin (Coffeinum). 1, 3, 7-trimеtilksantin.
Poroshok, amidopirin, fеnatsеtin va
atsеtilsalitsil kislotasini saqlaydigan tablеtkalar shaklida chiqariladi. Buyurilishi:
ovqatdan so`ng 0, 01-0, 1 g dan bir kеcha-kunduzda 2-3 marta ichish uchun bеriladi.
Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik 0, 3 g, bir kеcha-kunduzlik-1 g.
Kofеin natriy bеnzoati. (Coffeinum Natrii-benzoas). Poroshok, 0, 1-0, 2
g dan
tablеtka shaklida, 10 % li va 20 % li eritma 1 ml dan ampulada chiqariladi. Buyurilishi:
ovqatdan so`ng 0, 05-0, 2 g dan kuniga 2-3 marta ichish uchun, 10 % li-20 % li eritma 2
ml dan tеri ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi. Yuqori dozalari: ichish uchun bir
martalik0, 5 g, bir kеcha-kunduzlik-1, 5 g.
Do'stlaringiz bilan baham: