Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trinitrolong
Amilnitrit
(Amylii nitras). Ishlatilishi. Stenokardiyada va ko‘z to‘r pardasi markaziy arteriyasining emboliyasida tomirlarni kengaytiruvchi dori tariqasida ishlatiladi; 2-3 tomchisini bir bo‘lak paxta yoki dokaga tomizib turib, bug‘lari nafasga olinadi. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. Miyaga qon quyilishi, o‘tkir miokard infarkti, kalla ichki bosimining ortib ketishi, glaukoma. Chiqariladigan shakli. 0,5 ml dan ampulalarda chiqariladi, o‘rovida 10 dona bo‘ladi, usti to‘rlangan 0,5 ml li ampulalari ham bor. Saqlash shartlari. В ro‘yxali. Yorug‘ tushmaydigan salqin joyda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 5 yil. Nitrong (Nitrong). Farmakologik la’siri. Nitrong-tomirlarni kengaytiradigan vosita - dori shakliga kiritilgan nitroglitserin bo‘lib, nitroglitserinning uzoq (6-8 soatgacha) ta’sir ko‘rsatib turishini ta’minlaydi, sustakka o‘xshash. Ishlatiladigan o‘rni. Stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun ishlatiladi. Ishlatish usuli va dozalari. Kasallikning og‘ir-yengilligiga qarab 2,6 mg li 1-2 tabletkalari ovqat oldidan kuniga 2-3 mahal ichiladi. Preparatning 1 martalik eng yuqori dozasi 13 mg, kundalik dozasi 39 mg, preparat ichilgandan 1 soat o‘tgandan keyin kor qila boshlaydi. Tabletkalarni chaynamasdan yutish kcrak. Nojo‘ya ta’sir. Bosh og‘rishi, bosh aylanishi, badan qizib ketayotgandek bo‘lib sezilishi. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. Miyaga qon quyilishi, kalla ichki bosimining yuqoriligi, o‘tkir miokard infarktidan keyingi dastlabki kunlar. Chiqariladigan shakli. 2,6 mg li tabletkalar, o‘rovida 50 va 100 dona. Saqlash shartlari. В ro‘yxati. Yaroqlilik muddati 5 yil. Trinitrolong (Trinitrolong). Tuxumsimon shakldagi polimer pardalar, ‘tarkibida 1 yoki 2 mg nitroglitserin bo‘ladi. Ishlatiladigan o‘rni. Nitroglitserinning ta’siri uzoq davom etadigan preparati sifatida Stenokardiya xurujlarini davolash hamda oldini olish uchun ishlatiladi. Bioeruvchan polimer tarkibidagi nitroglitserin ta’sirining tez yuzaga chiqib uzoq (3-4 soat va bundan ko‘proq) davom etishini taminlaydi. Ishlatish usuli va dozalari. Trinitrolong pastinkasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga barmoqlar bilan bosib turiladi (odatda oziq tishlar yoki kichik jag‘ tishlar ustidagi milklar sohasiga bosib turiladi). Ta’sirining boshlanishi va qancha muddat kor qilib turishi bar xil bemorlarda turlicha bo‘lib, plastinkaning kimda nechog‘lik tez so‘rilishiga va dozaning to‘gri tanlanishiga bog‘liq. Preparat ta’sirini to‘xtatish zarur bo‘lsa-plastinka olib tashlanadi. Plastinkani milkning shilliq pardasiga ovqatdan keyin qo‘yish tavsiya etiladi. Chiqariladigan shakli. 0,001 g li (yashil rangli) va 0,002 g li (bir tomoni oq, ikkinchi tomoni oeh yashil rangli) polimer plastinkalar, 50 donadan o‘ralgan. Saqlash shartlari. В ro‘yxati. Quruq yorug‘ tushmaydigan, olovdan uzoq joyda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 2 yil. Erinit (Erynitum). Sin.: Nitropenton (Nitropenton). В ro‘yxatida. Tabletkalarda 0,01-0,02 g dan chiqariladi. Arterial bosimni birmuncha pasaytiradi. Stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun qo‘llaniladi. Ichishga 0,01-0,02 g dan kuniga 3-4 marta ovqatdan bir soat oldin yoki til ostiga qo‘yish uchun tayinlanadi. Davolash 2-4 hafta mobaynida olib boriladi. Nitroglitscringa qaraganda kuchsizroq, biroq davomliroq ta’sir ko‘rsatadi, ta’siri 20-30 minut o‘tgach yuz.aga chiqadi va 5 soatgacha davom qiladi. Karbokromen (Carbocromenum). Sin: Intensain, intenkordin. В ro‘yxatida. Tabletkalarda 0,075 g dan chiqariladi. Ichishga : tabletkadan kuniga 3 marta tayinlanadi. Toj tomirlarning kengayishiga imkon beradi, kollateral qon aylanishini va miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Stenokardiya, kardiosklerozda, infarkt bo‘lib o‘tgandan key in qo‘llaniladi. Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rig‘i, xolsizlik, dispeptik hodisalar. Venaga tez yuborilganda to‘sh orqasida og‘riqlar, qizib kctish, boshda og‘irlik sezish kabi sezgilar kuzatiladi. Stenokardiyaning og‘ir hollarida mushaklar orasiga yoki venaga 0,04 g dan kuniga 1-2 marta kiritiladi. Prcparat 5% li glyukoza eritmasida yoki 200-250 ml izotonik natriy xlorid eritmasida eritiladi va venaga tomchilab yuboriladi. Davolash qonning ivish xossasini nazorat qilib turgan holda ayni vaqtda antikoagulyantlar tayinlash bilan birga olib boriladi. Preparatni yurak glikozidlari, gipotenziv vositalar, trankvilizalorlar bilan birga ishlatish mum kin. Anaprilin (Anaprilinum). Sin.: Inderal. p-adrenoblokatorlar gruppasiga kiradi. Miokard p-adrenoretseptorlari blokadasi hisobiga yurak ishini pasaytiradi. Natijada kislorod tushishi ko‘pay mas ad a, kislorodga ehtiyoj kamayadi. Ichishga 0,01-0,04 g dan kuniga 3-4 marta, venaga 1 - 5 ml dan 1% li eritmasi (asta-sekin) tayinlanadi. Miokard infarktida terapevtik ta’siri turlicha bo‘lgan vositalar qo‘llaniladi. Shokning oldini olish va og‘riqni bartaraf etish uchun morfin gidroxlorid (Morphini hydrochloridum) - 1 ml 1% li eritmasi ten ostiga tayinlanadi. Morfin odatda atropin sulfatning (Atropini sulfas) 0,1% li eritmasi bilan 0,5-1 ml dan morfinning vagotrop ta’sirini yo‘qotish va tomirlarning torayish ehtimolini bartaraf etish uchun birga qo‘llaniladi. Boshqa og‘riq qoldiruvchi vositalardan: fen tan il (Phentanylum), talamonal nomi bilan yuritiladigan fentanil bilan droperidol, omnoponning (Omnoponum) 1 ml 1% li eritmasi teri ostiga yoki 1 ml 2% li promedol eritmasidan foydalanish ham mumkin. Narkotik analgetiklar ta’siridan bosilmaydigan kuchli og‘riqlarda narkoz uchun vosita - azot (I)-oksid tayinlanadi. Qon ivishini pasaytiradigan, trombning yanada kattalashib ketishiga to‘sqinlik qiladigan va Lining so‘rilishiga imkon beradigan vositalardan antikoagulyantlar - geparin, fibrinolitik vositalar- flbrinolizin va boshqalar tayinlanadi (Qon ivishiga to‘sqinlik qiladigan vositalar. Fibrinolitik vositalarga q). Miokard infarkti arterial bosimning birmuncha pasayishi bilan o‘tishi mumkin. Bu holda pressor vositalar - noradrenalin gidrotartratning (Noradrenalini hudrotartras) - 1 ml 0,2% li eritmasini venaga yuborish tavsiya qilinadi. Yurak ritmi buzilishlarida novokainamid (Novocainamidum) 5-10 ml dan 10% li eritmasi venaga yoki mushaklar orasiga tayinlanadi. O‘tkir yurak sustligida, ya ni chap qorincha keskin sustlashib qolganida (yurak astmasi) yurak glikozidlari: strofantin (Strophanthinum) 1 ml dan 0,05% li eritmasi venaga yoki korglikon 1 ml dan 0,06% li eritmasi tayinlanadi. Nitrong fortе (Nitrong forte). Tablеtkada 6, 5 mg chiqariladi. Bir martadan bеriladi. Kardikеt (Cardiket)-izosorbiddinitrat. Tablеtka shaklida 20, 40, 60 mg dan chiqariladi. Ta'siri tеzroq boshlanib, uzoq (12-14 soat) davom etadi. 1 tablеtkadan kuniga 2 marta bеriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling