Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet167/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Nitroglitserin 
(Nitroglycerinum). В ro‘yxatida. 1% li spirtli eritma (Sol.
Nitroglycerini spirituosa) ko‘rinishida 5-10 ml dan tablelkalarda 0,0005 g dan
chiqariladi. Bir tabletkasi 3 tomchi 1 % li nitroglitscringa muvofiq keladi.
Faqat stenokardiya xurujlarini yoqotish uchun qo‘llaniladi. Toj tomirlar silliq
muskulaturasining spazmi sababli paydo bo‘lgan kuchli og‘riqlar odatda nitroglitserin
ta’sirida 1-2 min o‘tishi bilan tez bartaraf bo‘ladi. Ta’sir davomliligi 1 soatgacha. Yirik
tomirlarga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, yurakning kislorodga ehtiyojini pasaytiradi,
ishemiya sohasida kislorod ta’minotini oshiradi. Arterial va venoz bosimini pasaytiradi,
buyurakkatushadigan og‘irlikni pasaytiradi va uning kislorodga ehtiyojini kamaytiradi.
1-2 tomchidan qandga tomizib yoki tabletkalarda 0,0005 g dan til ostiga to‘liq
shimilib ketguncha tayinlanadi.
Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, miya venasi qonga to‘lib
ketishi natijasida quloqda shovqin eshitilishi. Preparat bekor qilingandan, dozasi
kamaytirilgandan va kofein tayinlangandan so‘ng bu hodisalar yo‘qoladi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hoi: glaukoma.
Sustak 
(Sustac).
Nitroglitserinning
ishemiya
kasalligini
davolashda
foydalaniladigan maxsus dori shaklidir. Nitroglitserindan farqli ravishda ichishga
birdaniga 2 tabletka tayinlanib, ozgina miqdordagi suv bilan ichiladi. Effekt 10-15 min
o‘tgach boshlanadi va bir necha soatgacha davom qiladi.
Validol 
(Validolum). Izovaleriana kislotanning mentol efiridagi mentolning 25-
30% li erilmasi. Suyuq holda flakonlarda 5 ml dan va tabletkalarda shakar bilan 0,06 g
dan chiqariladi, 1 tabletkasi 3 tomchi validolga muvofiq keladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i retseptorlarining ta’sirlanishini qo‘zg‘atadi, bu yurak toj
tomirlarining reflektor kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga tinchlantiruvchi va qayt
qildirmaslik xossasi bor.
Stenokardiya, nevrozlar, dengiz va havo kasalligida, ko‘ngil aynishi va qusishda
qo‘llaniladi.
Qand bo‘lakchasida 4-5 tomchidan yoki tabletkasini til ostida batamom shimilib
ketguncha tayinlanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling