metabolizmining buzilishi (miogen tonusni idora qiladigan) arterial bosimning oshishini
keltirib chiqaradi. Gipertoniya kasalligi rivojlanishida buyraklarda renin hosil bo‘lishi
katta ahamiyat kasb etadi, renin jigarda buyrak usti bezlarida aldosteron hosil bo‘lishini
rag‘batlantiradigan angiotenzinga o‘tadi.
Angiotenzin va aldosteron hosil bo‘lishining oshishi organizmda va tomir
devorida natriyning tutilib qolishiga olib keladi. Tomirlarning
devorlari qalinlashadi,
ularning bo‘shlig‘i torayadi, ular tomirlarni toraytiruvchi impulslarga nisbatan birmuncha
sezuvchan bo‘lib qoladi. Bu arterial bosimning barqaror oshib lurishiga olib keladi.
Sog‘lom odamda qon bosimi muvozanati organiz.mda qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi
depressor sistema borligi tufayli qaror topadi. Qon bosimining oshishi faqat qon tomirlar
tonusiga emas, balki yurakdan otiladigan qon va aylanib yurgan qon hajmiga bog‘liq,
ya’ni arterial bosimni idora qilishda ko‘p organlar: buyraklar, bosh miya po‘stlog‘ida
yagona zanjir bo‘lib birikadigan va po‘stloq tomonidan
nazorat qilinadigan ichki
sekrctsiya bezlari qatnashadi. Turli shikastlar, ruhiy zo‘riqish,
nevrozlar bu zanjirning
buzilishiga olib keladi, bu esa arterial bosimning ko‘tarilishi bilan o‘tadi.
Uning keskin oshishi (gipertonik kriz) sog‘likning yomonlashuvi bilan o‘tadi
va bemor hayotiga tahdid soladi. Gipcrtoniya kasalligi bilan kasallangan bemorlarga davo
qilish qon tomirlar
tonusini pasaytirishga, aylanib yuradigan qon hajmini va yurakdan
oliladigan qonni kamaytirishga qaratilgan. Bunday bemorlarga
mehnat va dam olish
rejimiga rioya qilish, ovqatda osh tuzi qabul qilishni
ehegaralash va emotsional
zo‘riqishlardan xoli bo‘lish tavsiya etiladi.
Gipertoniya kasalligining serebral, kardial va buyrak
shakllariga davo qilishda
qo‘llaniladigan dori moddalarni bir necha gruppaga bo‘linadi : neyrotrop vositalar,
miotrop ta’sir qiladigan preparatlar va tuz-suv almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan
moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: