MAVZU: XIMYOTERAPEVTIK VOSITALAR
Reja:
1.Ximyoterapevtik vositalar haqida ma’lumot.
2.Antibiotiklar.
3.Penitsillinlar.
4. Sefalosporinlar
Tayanch so’z va iboralar.
Statik ta’sir
- mikroblarning ko’payishini to’xtatadi
Sid ta’sir
- mikroblarning protaplazmasi oqsillarini chiritadi.
Oksidlovchilar
- kislorod beruvchilar.
Ximyoterapevtik
vositalar
deb,
infektion
va
parazitar
kasalliklarning
qo’zg’atuvchilari xususida mikrobga mikrobga qarshi ta’sirini ko’rsatib, uni
farmokoterapevtik immunobiologik ta’sirdan ajratgan.qarshi tanlab ta’sir qiladigan dori
moddalariga aytiladi. “Ximyoterapiya” terminini 1906-yilda Erlix taklif qilgan. Rus olimi
D.L.Romonovskiy ximyoterapiyaning puxta ilmiy nazariyasini yaratgan.
U birinchi
bo’lib ximyoterapevtik moddalarning mikrobga qarshi ta’sirini ko’rsatib, uni
farmakoterapevtik immuobiologik ta’sirdan ajratgan.
Ximyoterapevtik vositalar mikrob hujayralarini, viruslar,
oddiy jonzotlar va
boshqalarning bo’linishini tanlab pasaytiradi. Ularning tanlab ta’sir qilish xususiyati
bo’lmagan antiseptic vositalardan garqi ana shundan iborat.
Ximyoterapevtik vositalar infektiyaning klinik belgilarini bartaraf etish yoki bunday
belgilarni rivojlanishining oldini olish, shuningdek infektiya
tashuvchi hisoblangan
sog’lom odamlar organizmidagi infektiya sababchilarini yo’qotish uchun davolash va
profilaktika maqsadida qo’llaniladi.
Ximyoterapevtik preparatlar bilan davo qilishda quyidagi prinsiplariga rioya qilish
zarur:1) kasallikni qanday qo’zg’tuvchi keltirib
chiqarganini aniqlash , chunki
ximyoterapevtik vosita tanlab ta’sir qilish xossasiga ega; 2)
davoni boshlash oldidan
kasallik qo’zg’atuvchisining ximyoterapevtik preparatga sezuvchanligini tekshirib
ko’rish; 3)davolash uchun eng ta’sirchan preparatlardan foydalanish; 4)
preparatning
miroorganizmning hayot faoliyatni to’xtatishini ta’minlaydigan yetarlicha yuqori
dozasini tanlash; buning uchun butun davolash davrida qon zardobida preparat
konsentratsiyasini
tekshirib turish; 5) davolashni to’liq klinik sog’aytirishgacha va tana
harorati pasaygagandan so’ng yana 2-3 kungacha davom ettirish;
6) ayrim xronik kasalliklarda ximyoterapevtik preparatlar bilan kompleks davo olib
borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: