Kanamisin
mushaklar orasiga, plevra bo`shlig`iga, aerozol shaklida yuqori nafas
yo`llari silida yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborilgan modda ta`siri bir soatdan keyin
boshlanib, 6—12 soat davom etadi; gematoensefalik to`siqdan o`tolmaydi, organizmdan
buyraklar orqali chiqib ketadi. Kanamisin zaharli modda, noyrotoksik, ototoksik ta`siri
streptomitsindan ham kuchliroq. Kanamisin bilan davolanganda quloqning eshitish
qobiliyatipi tekshirib turish kerak. Ototoksik ta`sirning birinchi belgilari — quloq
shang`illay boshlasa, moddani qo`llashdan to`xta-tish lozim.
Kanamisin
buyraklarni ham jarohatlashi, impulslarni nervdai mushaklarga
o`tqazishni kuraresimon moddalarga o`xshab falajlashi, ba`zi holatlarda allergkk
jarayonlar, jigar faoliyatini o`zgartirishi mumkin. Nojo`ya ta`sirlarii kamaytirish uchun
kamamitsin bilan davolanganda pantotenat kalsiyni qo`llash tavsiya etiladi. Eshitish
qobiliyati lasayganda, buyrak va jigar jarohatlanganda (jigar va buyrak silidan tashqari)
kanamitsinni qo`llai; man etiladi.
Florimitsin
mikobakteriyalarga kanamiiinga o`xshash - ta`sir ko`rsatadi, silgy
qarshi boshqa moddalarga chidamlilik paydo bo`lganda ko`llanadi, zaharli ta`sirlari ham
kanamitsinga o`xshaydi.
Rifampisin
— yarim sintetik antibiotik. Mikobakteriyalarda RNK hosil bo`lishiga
to`sqiilik ko`rsatib, ularga bakteriostatik, bakteritsid ta`sir ko`rsatadi. Boshqa
antibiotikdarga nisbatai bu modda me`da-ichukdan qonga nxshi so`riladi. Dorini
ichganda 2—4 soatdan keyin qonda yuqori miqdorda bo`ladi, gematoenssfalik to`siqdan
yaxshi o`tadi, davolash ta`siri 8—12 soatlar ichida saqlanib qoladi. Bu modda safro, bir
qismi siydik bilan organizmdaya chikib ketadi, bronxial, ko`z yoshi bezlarida ham
aniqlanadi. Siydik, balg`am ko`z yoshi qizil rangta bo`yaladi. Rifampisin silnipg hamma
turlarini, ayniqsa o`pka silini davolash uchun qo`llanadi. Bolalar va o`smirlardagi
birlamchi tuberkulezda yaxshi ta`sir etadi. Mikobyakteriyalarda rifampitsinga nisbatan
chidamlilik paydo bo`ladi, buning oldini olish uchun rifampitsin silga qarshi boshqe
moddaLar bilan birga qo`llanadi. Rifamnisin mushaklar orasiga, venaga ham yuborilishi
mumkin. Bu modda bilan davolanganda ozroq bo`lsa ham nojo`ya ta`sirlar yuz beradi,
disiyeptik holatler paydo bo`lishi, jigar, oshqozon osti bezi jarohatlanishi mumkin, oqqon
tanachalari kamayadi (leykemiya), allergik jarayonlar kuzatiladi. Bu moddani homilador
ayollarga, emizikli bolalarga, jigar va buyrak kasalliklarida qo`llash man ztiladi.
Silga qarshi kimyoviy tuzilishi boshqacha moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |