Anoconda dasturi(spyder, jupyter notebook)


Download 0.55 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1345456
Bog'liq
4-Mustaqil ta\'lim sun\'iy (12)


Mavzu:Anoconda dasturi(spyder, jupyter notebook).
Har bir dasturlash tilining kod yozish muhiti bor. Shu o’rinda Python dasturlash tilining ham bir nechta muhitlari bor. Quyida biz ularning bir nechtasi bilan tanishib chiqamiz.
Pyhon dasturlash tilida kod yozishimiz uchun bizga Anaconda dasturi kerak bo’ladi.Anaconda dasturini o’rnatishimizning bir nechta sabablari bor.
Anaconda Python nisbatan tezroq Anaconda biz uchun kerakli bo'lgan qo'shimcha dasturlar va muhim paketlar bilan birga o'rnatiladi Anacondada turli dasturlar (loyihalar) uchun alohida muhit yaratish mumkin.
Agar turli sabablarga ko'ra kompyuterimizga Python o'rnata olmasak, repl.it sahifasi yordamida Python dasturlarini to'g'ridan-to'g'ri brauzerda ham yozishimiz mumkin.
ANACONDA. Anaconda platformasini o'rnatamiz. Kompyuterimizda brauzerni ochib, https://www.anaconda.com/products/individual sahifasiga kiramiz va Download tugmasini bosamiz. Kompyuterimizda o'rnatilgan operatsion tizim uchun mos keluvchi faylni yuklab olamiz (agar yuqoridagi jumlani tushunmagan bo'lsangiz, katta ehtimollik bilan sizda 64-Bit Windows operatsion tizimi o'rnatilgan)
Dasturni o’rnatgandan keyin ,kod yozish uchun quyidagi muhitlar chiqadi. Anaconda o'rnatilganidan so'ng Windowsdagi dasturlar orasida Anaconda Navigator dasturini ochamiz.


Kod yozish muhitlaridan Spyder Ide muhitni tanlaymiz. Bu muhit dasturchilar uchun qulay va tushunarli muhit hisoblanadi.
SPYDER IDE. Spyder — Python tilida kod yozich uchun mo'ljallangan dasturlash muhiti va bizning asosiy ish qurolimizdir. Ingliz tilida dasturlash muhiti - IDE (Integrated Development Environment) deyiladi.
Bu muhit ko’rinishi quyidagicha:



Dastur yozish uchun yuzlab turli muhitlar bor. Aslida, umuman muhitsiz, oddiy matn redaktorida ham kod yozishimiz mumkin edi. Lekin Spyder va unga o'xshash muhitlar dasturchilarning ishini yengillatishga qaratilgan. Muhitlar turli qo'shimcha funktsiyalar va foydali xossalarga boy bo'ladi.

Spyder muhiti uch qismdan iborat:


1.Matn muharriri —dasturlar yozish uchun.
2.Konsol —qisqa kodlarni bajarib, tekshirib ko'rish uchun.
3.Qo'shimcha ma'lumotlar oynasi.
Bu yerda quyidagi ma'lumotlarni ko'rish mumkin:
1)Turli funktsiyalar haqida yordam
2)Dasturdagi o'zgaruvchilar ro'yhati
3)Grafiklar
4) Fayllar

Spyderda sodda kod yozib ko’raylik:
Buning uchun Spyder IDE yuqorisidagi menuda File --> New File bo'limini tanlaymiz (yoki klaviaturada Ctrl+N tugmalarini bosamiz). Math muhrarrirda yangi, untitled0.py fayli yaratildi.
Faylga ma'nili nom beramiz, buning uchun File --> Save as.. menusini tanlaymiz (yoki Ctrl+Shift+S) va yangi ochilgan oynada faylga ma'nili nom beramiz.
print(“Assalomu alaykum”) – kodini yozib Run tugmasini bosamiz. Va natija quyidagicha bo’ladi.
Bunda Run tugmasining vazifasi dasturni ishlatadi.

Jupyter Notebook. Bu kod yozish muhitiga ham Anaconda Navigator dasturi orqali kiramiz va u quyidagicha.

Bundagi Desktop tugmasini belgilab yuqorigi o’ng burchakdagi New tugmasini bosib Python3 ni bosganimizda quyidagi muhit ko’rinadi:



Yuqoridagi muhitdagi har bir tugmaning vazifasi bo’lgani kabi bu muhdagi har bir tugmaning ham o’z vazifasi bor.Masalan:
Birinchida turgan tugma yozgan dasturimizni saqlash vazifasini bajaradi.
Ikkinchi tugma yangi sell qo’shib beradi. Umuman olganda kod yozadigan qatorlar sell deb yuritiladi.
Uchinchisi belgilagan sellni o’chirishda foydalaniladi.
To’rtinchisi nusxa olishda ishlatiladi.
Beshinchisi ham yangi sell qo’shishda ishlatiladi.
Strelkalar esa bir selldan ikkinchi sellga o’tishda foydalaniladi.
Keyingisi tugma dasturni ishlatadi.
Bulardan tashqari bu muhitda matn yozsak ham bo’ladi. Buning uchun Markdownni belgilaymiz.Asosiy so’zlarni qalinroq yozish uchun so’zlarni qo’sh yulduzcha ichiga kiritamiz.

Shirift o’lchamini o’zgartirish uchun reshotkalardan foydalanamiz.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling