«anor bank» aj «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari «anor bank»


 Mikroqarz bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etish tartibi


Download 324.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana09.02.2023
Hajmi324.7 Kb.
#1181030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Stimul light uz06.09.2022

4. Mikroqarz bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etish tartibi 
4.1. Bank Mijoz uchun afzal bo‘lgan ishonchli aloqa vositalaridan foydalanib, Mijozga konsalting 
xizmatlarini taqdim etishi mumkin, jumladan: 


• qog‘ozli (jumladan, pochta orqali yuborish); 
• elektron aloqa vositalari; 
• telefon orqali, texnik jihozlanish talablariga rioya qilib (telefondagi suhbat tegishli ravishda yozib 
olinishi kerak, xususan, konsalting xizmatlari taqdim etilishining mazmuni va fakti yozib olinishi 
kerak).
4.2. Mijoz Bankning maslahatlari axborot tusga ega deb qabul qiladi. 
4.3. Bank konsalting xizmatlarini Mijoz tomonidan Bankka taqdim etilgan axborot va hujjatlar asosida 
hamda integratsiyalangan ma’lumotlar bazasidan olingan va Bankka erishimli bo‘lgan ma’lumotlar 
asosida taqdim etadi. 
4.4. Mijoz tomonidan va boshqa ma’lumotlar manbasidan taqdim etilgan noaniq axborotlar asosida 
taqdim etgan maslahatlari natijasida Mijozga yetkazilgan har qanday shakldagi zarar uchun Bank 
javobgar bo‘lmaydi. 
4.5. Mijoz Bank tomonidan berilgan maslahatlarni bajarmaganligi, qisman yoki to‘laqonli 
bajarmaganligi natijasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun Bank javobgar bo‘lmaydi. 
5. Bankning va aksiya Ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari 
5.1. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada ishtiroki bilan bog‘liq barcha harakatlarni Mazkur Qoidalarda 
belgilangan muddatlarda bajarishlari shart. 
5.2. Bank Aksiya Ishtirokchisi to‘g‘risidagi axborotni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar hamda ushbu Aksiya doirasi 
Bank o‘z majburiyatlarini bajarishi maqsadidagi holatlar bundan mustasno. 
5.3.Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan va Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishidan voz 
kechishi mumkin. 
5.4. Aksiyada ishtirok etib, aksiya Ishtirokchisi mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqqanligini va ularga 
roziligini tasdiqlaydi. 
5.5. Ishtirokchi tanlagan Xizmatlar paketiga muvofiq to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishi shart. 
5.4. Bank Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalar qilmaslik huquqini 
o‘zida saqlab qoladi, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari. 
5.5. Bank mazkur Qoidalarga bir taraflama tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. 
Qoidalarga Bank tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar Bank tomonidan Qoidalarning yangi tahriri 
Bankning Internet tarmog‘idagi 
www.anorbank.uz
. rasmiy veb-saytida joylashtirilgan sanadan 
boshlab Bank va yangi Ishtirokchilar uchun majburiy bo‘lib qoladi. 
Shu o‘rinda, o‘zgartirishlar kiritilishidan oldin Aksiyaga qo‘shilgan aksiya Ishtirokchilariga 
o‘zgartirishlar qo‘llanilmaydi, bunday Ishtirokchilar uchun avval tasdiqlangan Aksiya shartlari amal 
qiladi.
5.6. Mazkur Qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot avval Bankning saytida 
ochilib joylashtiriladi.
5.7. Quyidagi holatlarda Bank Ishtirokchilar oldida javobgar bo‘lmaydi: 
5.7.1. aksiya Ishtirokchilari mazkur Qoidalarning shartlari bilan tanishib chiqmaganligi yoki to‘liq 
tanishib chiqmaganligi; 
5.7.2. aksiya Ishtirokchilaridan xatlarni, qong‘iroqlarni, faksimile va/yoki elektron xabarlarni 
olmaganligi, shu jumladan, pochta xizmatining, aloqa tashkilotlarining aybi bo‘yicha, Aksiya 
o‘tkazilishida foydalaniladigan Internet va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki firibgarlik 
natijasida; 
5.7.3. Bank o‘z majburiyatlarini bajarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va Bank tomonidan ularning 
bajarilishini imkonsiz qiluvchi fors-major vaziyatlar, jumladan, suv toshqinlari, yong‘in, ish 
tashlashlar, zilzila yoki boshqa tabiiy omillar, 
ommaviy epidemiyalar, davlat organlarining farmoyishlari va Bankka bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
obyektiv sabablar; 


5.7.4. aksiya Ishtirokchilari aksiyada ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni bajarmaganligi 
yoki o‘z vaqtida bajarmaganligi; 
5.7.5. aksiya Ishtirokchilarining harakatlari (harakatsizligi) hamda xatolari; 
5.7.6. www.anorbank.uz saytidagi xatolar, nosozliklar, dasturiy ta’minot ishidagi nosozliklar;
5.7.7. aksiya Ishtirokchisida uning Aksiyada ishtiroki tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar, 
xarajatlar va har qanday boshqa sarflar 
(Bank ularni to‘lab yoki qoplab bermaydi); 
5.7.8. Bank va aksiya Ishtirokchisining oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa hodisalar va 
vaziyatlar. 
5.7.9. Aksiya bo‘yicha tomonlarning barcha nizolari va kelishmovchiliklari O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. 

Download 324.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling