«ANOR BANK» AJ «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari
«ANOR BANK» AJdan «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazishning ushbu Qoidalari (keyinchalik -
"Qoidalar") «ANOR BANK» AJning "Stimul Layt" aksiyasiga jismoniy shaxslarni qo‘shilishi va ishtirok
etishining umumiy tartibini belgilab beradi.
1. Atamalar va tushunchalar
Aksiya - «ANOR BANK» AJ kredit mahsulotlari bo‘yicha "Stimul layt" rag‘batlantiruvchi aksiyasi, u
yangi mijozlarni jalb qilishga va aksiyaning amal qilish davrida Bankning
mikroqarz olgan mavjud
mijozlarining sodiqligini oshirishga hamda bank xizmatlari iste’molchilarining
moliyaviy savodini
oshirishga qaratilgan.
Aksiya shartlari - aksiyada ishtirok etish davrida asosiy shartlardan farq qiladigan shartlarda Mijozga
xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladigan shartlar.
Bank – «ANOR BANK» AJ aksiyadorlik jamiyati (litsenziya O‘zR MB №87 22 avgust 2020 y.,
joylashgan joyi: Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4 uy).
Sayt – Bankning internet-sayti www.anorbank.uz
Xizmatlar paketi - bu Aksiya amal qilishi davrida taklif qilinadigan rag‘batlantiruvchi shartlar, limitlar
va tariflar jamlanmasi.
Abonent to‘lovi - ulanadigan To‘plam
qiymatini belgilovchi, oldindan berilgan rozilik bo‘yicha
Mijozning Hisobidan yechib olinadigan summa.
Aksiya ishtirokchisi - mazkur Qoida tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lgan Xizmatlar
paketiga ulangan jismoniy shaxs, Bank mijozi.
Mikroqarz - bu
tuzilgan shartnomaga muvofiq, qonunchilikka zid bo‘lmagan
shartlarda,
Aksiya
doirasida to‘plamlar bo‘yicha
xizmatlarga kiritilgan, bank tomonidan Qarzdorga
- jismoniy shaxsga
beriladigan pul mablag‘lari.
Hisob-kitob davri - bu xizmatlar (mikroqarz) bo‘yicha to‘lovning boshlanishidan keyingi sanasigacha
teng bo‘lgan davr.