«anor bank» aj «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari «anor bank»
Download 324.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Stimul light uz06.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Umumiy qoidalar
Bankning ish kuni - bankning ish vaqti yoki bank hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradigan va
mijozlarga xizmat ko'rsatadigan davr. Bank bank ish kunining davomiyligini mustaqil ravishda belgilashga haqli, uning davomida amalga oshirilgan bank operatsiyalari ushbu sanaga to'g'ri keladi. Bir bank kunida amalga oshiriladigan butun operatsion va buxgalteriya sikli tegishli buxgalteriya hujjatlarida rasmiylashtiriladi va balans va balansdan tashqari hisobvaraqlar uchun kunlik balansda aks ettiriladi. 2. Umumiy qoidalar 2.1. Aksiya ommaviy oferta shartlarida o‘tkaziladigan rag‘batlantiruvchi chora-tadbir hisoblanadi, u (mazkur Qoida bilan belgilangan shartlarga rioya qilinganda) aksiyada ishtirok etish davrida Mijoz tomonidan tanlangan Xizmatlar paketiga qarab mikroqarz shartnomasining asosiy shartlaridan farq qiladigan shartlarda kreditlash shartlarini qo‘llashni nazarda tutadi. 2.2. Aksiya qoidalari Aksiya o‘tkazishning butun davri mobaynida Saytda hamda boshqa ochiq manbalarda (Bankning tanlovi bo‘yicha) joylashtiriladi. 2.3. Aksiya o‘tkazilishini yakunlash sanasi: nazarda tutilmagan, muddatsiz. Shu o‘rinda, Bank Saytda ma’lumotni joylashtirib, uni istagan paytida bekor qilishi yoki to‘xtatib turishi mumkin. 2.4. Aksiya Bankning "Daqiqalarda" kredit mahsulotiga qo‘llaniladi. 2.5. Mazkur Qoidalarning qo‘llanilishi Mikroqarz taqdim etilishining majburiy sharti hisoblanmaydi. 3. Aksiyani o‘tkazish qoidalari 3.1. Aksiyada Aksiya shartlariga rozilik bergan (ixtiyoriy ravishda) va Aksiya doirasida Xizmatlar paketidan bittasini tanlagan Mijozlar ishtirok etadi. 3.2. Xizmatlar paketi mazkur Qoidalarning 6-bo‘limiga muvofiq taqdim etiladi. Xizmatlar paketiga ulanish uchun Bank Tariflariga muvofiq to‘lov undiriladi. 3.3. Xizmatlar paketi ulanish sanasidan boshlab butun hisob-kitob davrida amal qiladi. Tanlangan Xizmatlar paketi uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 3.3.1. Komissiya Hisob-kitob davrining boshida hisoblanadi. Agar Mijoz birinchi hisob-kitob davri boshida xizmatlar to‘plamidan bir ish kunidan ortiq foydalanmasa, paket uchun komissiya/to‘lov hisoblanmaydi va undirilmaydi.; 3.3.2.Hisoblangan komissiyani so‘ndirish sanasi Mikroqarz bo‘yicha to‘lov sanasidan kechikmagan kunda belgilanadi; 3.3.3. Agar komissiyani so‘ndirish sanasi bank ish kuni bo‘lmasa, unda so‘ndirish keyingi bank ish kuniga o‘tkaziladi. 3.4. Aksiyada Mijozning ishtirok etishi u ushbu Qoidalarga to‘liq rozi bo‘lganligini anglatadi. 3.5. Mijoz Xizmatlar paketini tanlash yo‘li bilan Aksiyada ishtirok etadi, u Aksiya Qoidalari bilan tanishib chiqqanligini va rozi ekanligini tasdiqlaydi. 3.6. Agar Mijoz taqdim etilgan to‘plam doirasida xizmatlardan foydalanishni davom etsa, to‘plam bo‘yicha xizmat ko‘rsatish avtomatik tarzda uzaytiriladi. 3.7. Agar Xizmatlar paketini xarid qilish bo‘yicha navbatdagi sana kelgan kunda Mijoz Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmatlardan foydalanmasa, unda amaldagi Xizmatlar paketi faqat Mijozning arizasi bo‘yicha uzaytiriladi. 3.8. Mijoz birdaniga bittadan ortiq Xizmatlar paketini tanlashga va foydalanishga haqli. 3.9. Mijoz Bankka tegishli murojaatni yo‘llab, Aksiyada ishtirok etishdan voz kechishi mumkin. 3.10. Bank Mijozning murojaatini ko‘rib chiqadi, shu jumladan, Mijozning Aksiyada ishtirok etishi bilan bog‘liq nizolar vujudga kelganda ham, hamda Mijozga murojaat ko‘rib chiqilishining natijalari borasidagi axborotni, shu jumladan, Mijozning talabi bo‘yicha yozma ravishda, bunday murojaatlar olingan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kunidan oshmagan muddatda taqdim etadi. 3.11. Mijoz aktsiyaga ulangan kundan 15 (o'n besh) kalendar kun ichida aksiya shartlarida qatnashishdan rad etish huquqiga ega, shu bilan birga mijoz tomonidan birinchi oy davomida aktsiyada ishtirok etish uchun paket to`lovi to'lanmaydi va undirilmaydi. Mijozning Aksiyada ishtirok etishdan rad etilganda, Mikroqarz berishning individual shartlarida ko‘zda tutilgan asosiy shartlari qo‘llaniladi. Aksiya shartlariga ulangan kundan boshlab 15 (o'n besh) kalendar kun muddati tugagandan so'ng, aksiyada ishtirok etish uchun to'lov qaytarilmaydi va belgilangan tartibda to'lanadi. 3.12. Quyidagi hollarda Bank Aksiya va tanlangan Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishni rad etib, kreditlashning asosiy shartlarini qo‘llashi mumkin: 3.12.1. qarzdor tomonidan bank komissiyasi va/yoki Mikroqarz to‘lovlari bo‘yicha 60 (oltmish) kalendar kunidan ortig‘iga muddati o‘tib ketgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilganida; 3.12.2. agar Mikroqarzning yakuniy muddatidagi kun oxirida Mikroqarz bo‘yicha so‘ndirilmagan qarzdorlik bo‘lsa; 3.12.3. ulangan Xizmatlar paketi doirasida berilgan Mikroqarz bo‘yicha qarzdor tomonidan majburiyatlar buzilganda; 3.12.4. Aksiya o‘tkazish sanasida yoki davrida Bankning istalgan kredit mahsuloti bo‘yicha Bankda qarzdorning muddati o‘tib ketgan qarzdorligini mavjudligida/yo‘l qo‘yilganida. 3.13. Aksiyaga Qo‘shilish/Voz kechish mijoz tomonidan shaxsan imzolangan arizalar shaklida (1- Ilova), SMS-xabarni tasdiqlash yo‘li bilan yoki Bank tomonidan taklif etilgan boshqa usulda rasmiylashtiriladi. Download 324.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling